fbpx
Mikroto’lqinli pechda pishirilgan «limonli to’rtburchaklar»

Mikroto’lqinli pechda pishirilgan «limonli to’rtburchaklar»

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Mikroto’lqinli pech sohibalariga ajoyib retseptlar berishda davom etamiz. Bugungi tez tayyor bo’ladigan limonli pishiriqlarimizni albatta tayyorlab ko’ring.

Ham shirin, ham nordonroq ta’mli bu ajoyib yegulik bolajonlaringizga ham yoqishi aniq.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
120 gramm un
3 osh qoshiq shakar upasi
1 osh qoshiq limon po'sti 1 ta butun limonning po'sti
6 osh qoshiq eritilgan sariyog'
Asosiga:
200 gramm shakar
2 osh qoshiq limon po'sti 2 ta butun limonning po'sti
3 ta tuxum
80 millilitr limon sharbati o'sha po'stini ajratib olgan limonlarimizning sharbati siqib olinadi
1 osh qoshiq un
0.5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Aylanasi 20 sm li, mikroto'lqinli pechda pishirishga mo'ljallangan qolip olamiz va pergament qog'oz to'shaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kichikroq idishga un, shakar va limon po'stini solib aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan eritilgan sariyog'ni solib yaxshilab aralashtiramiz.

Hosil bo'lgan xamirni qolipga qo'yib tekislab chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Mikroto'lqinli pechga qo'yib, 800 Vt da 3 daqiqa davomida pishirib oling.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir qattiqalashib qolishi kerak, agar u hali yumshoqroq bo'lsa, unda yana 30 soniyaga qo'ying.

Qadam 6
Tugallandi

Alohida idishga un, shakar va qabartmani solib yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Boshqa bir idishga shakar, limon sharbati va po'sti va tuxumni solib, venchikda ko'pirtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Quruq va suyuq aralashmalarni birlashtiramiz va silliq bo'lguniga qadar, 2-3 daqiqa davomida ko'pirtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Suyuqligimizni pishgan xamirning ustidan quyamiz va mikroto'lqinli pechga qo'yib, 3 daqiqa davomida 800 Vt da pishiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Asosini tekshirib ko'ring, u jelega o'xshab ketishi kerak.

Agar u haliyam suyuq bo'lsa, unda yana 1 daqiqa davomida pishirib oling.

Qadam 11
Tugallandi

Pishgan pishirig'imizni sovutamiz va 1 soatga yoki bir kechaga sovutgichga qo'yib sovutamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pishirig'imizni olamiz, xohlagan shaklda kesib, shakar upasi va limon po'sti sepib bezatamiz.

Xohishga qarab limon bo'lakchalari va yalpiz bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 8
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
120 gramm un
3 osh qoshiq shakar upasi
1 osh qoshiq limon po'sti 1 ta butun limonning po'sti
6 osh qoshiq eritilgan sariyog'
Asosiga:
200 gramm shakar
2 osh qoshiq limon po'sti 2 ta butun limonning po'sti
3 ta tuxum
80 millilitr limon sharbati o'sha po'stini ajratib olgan limonlarimizning sharbati siqib olinadi
1 osh qoshiq un
0.5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
oldingi
Milly kafesidan retsept: Klyukva-brusnikali choy
keyingi
Videoretsept: Qaymoqli kremdan mevali savatchalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.