fbpx
Milly kafesidan retsept: Osiyocha uslubda salat

Milly kafesidan retsept: Osiyocha uslubda salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun Zira.uz o’quvchilari uchun mashhur Milly kafesi o’zining ajoyib salati retseptini taqdim etadi.

To’yimli va foydali masalliqlarni o’zida jamlagan Osiyo oshxonasi taomlari, o’zining xushbo’y ifori bilan hammaga yoqadi desak, adashmaymiz.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm mol go'shti
80 gramm qizil bulg'or qalampiri
150 gramm pekin karami
60 gramm qizil piyoz
30 gramm yangi uzilgan zanjabil
60 gramm bodring
80 gramm ildiz otgan mosh
1 bog' kashnich
2-3 dona ko'k piyoz
20 millilitr soya qaylasi
20 millilitr 9% li sirka
20 millilitr chig'anoq qaylasi
ta'bga qarab Tabasco qaylasi
ta'bga qarab tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Go'shtni yupqaroq uzunchq shaklda to'g'raymiz va tovaga yog' solib, pishgunicha qovurib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Karam, piyoz va bulg'or qalampirini ham yupqa to'g'raymiz va go'shtni ustidan solamiz.

Ustidan zanjabilni qirg'ichdan o'tkazib solamiz va sirka-yu qaylalarni quyamiz. 7 daqiqa davomida qovuring.

Qadam 3
Tugallandi

Belgilangan vaqt o'tganidan so'ng qayroqcha shaklda to'g'ralgan bodringni va ildiz otgan moshni solamiz, soya qaylasini quyamiz va 5-7 daqiqa tinmasdan aralashtirib, qovuramiz.

Tuzini rostlab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Likopchaga solamiz va to'g'ralgan ko'katlar bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 2
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm mol go'shti
80 gramm qizil bulg'or qalampiri
150 gramm pekin karami
60 gramm qizil piyoz
30 gramm yangi uzilgan zanjabil
60 gramm bodring
80 gramm ildiz otgan mosh
1 bog' kashnich
2-3 dona ko'k piyoz
20 millilitr soya qaylasi
20 millilitr 9% li sirka
20 millilitr chig'anoq qaylasi
ta'bga qarab Tabasco qaylasi
ta'bga qarab tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
«Dangasa» tovuq oyoqchalari
keyingi
Multivarkada dimlama pishirish

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.