«Napoleon» torti
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
400 gramm un
-
200 gramm sariyog'
-
1 ta tuxum
-
120 millilitr muzdek suv
-
1 osh qoshiq 9% li sirka
-
0.5 choy qoshiq tuz
-
Plombir kremiga:
-
600 millilitr sut
-
2 ta tuxum
-
50 gramm makkajo'xori kraxmali
-
250 gramm shakar
-
150 gramm sariyog'
-
300 millilitr yog'li qaymoq
Yo’nalishlar
Ko’pchiligimizning eng sevimli tortlarimizdan biri bu – napoleon tortidir. Mazali va mayin ta’mli bu shirinlikimiz har qaysi dasturxonni bezashiga ishonchimiz komildir.
Bugungi masalliqlarimizdan aylanasi 18 sm li tort hosil bo’ladi. Sizga mayinroq, og’izda erib ketuvchi xamirli napoleon yoqsa, unda xamirni 14 bo’laklarga bo’lib yoying. Agarda sizga ko’proq qarsildoq napoleon yoqsa, unda xamirlarni 10 ta bo’laklarda kesib chiqing va pishiring. Xullas, ta’bingizdan kelib chiqib ish tuting.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
400 gramm un | |
200 gramm sariyog' | |
1 ta tuxum | |
120 millilitr muzdek suv | |
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
Plombir kremiga: |
|
600 millilitr sut | |
2 ta tuxum | |
50 gramm makkajo'xori kraxmali | |
250 gramm shakar | |
150 gramm sariyog' | |
300 millilitr yog'li qaymoq |
Unni elab olamiz.
Muzdek sariyog'ni bo'laklarga bo'lamiz va unni ustidan solamiz.
Qo'l yoki pichoq yordamida sariyog'ni maydalab un bilan qoramiz.
Suvga tuz, tuxum, sirkani solib aralashtiramiz.
Unli massa ustidan suvli aralashmamizni quyib chiqamiz.
Har bir xamirchalarni koptokcha shaklga keltiramiz va kattaroq likopga un sepib, xamirlarni terib chiiqamiz.
Ustini yelim qog'ozda yopamiz va 1-2 soatga sovutgichga qo'yamiz.
Xamirlarni hammasini xuddi shunday usulda pishirib olasiz.
Xamirlar sovigunicha kremni tayyorlasak ham bo'ladi.
Tuxumni shakar va kraxmal bilan aralashtiring.
Bir vaqtning o'zida sutni gazga qo'yib qizdiring.
Issiq sutni tuxumli aralashma ustidan oz-ozdan quying va yaxshilab aralashtiring.
Aralashmani tovaga solasiz, gazga qo'yasiz va quyulgunicha kovlab turasiz.
Biroz soviganidan so'ng sariyog'ni ham solib aralashtiring.
Kremni idishga solamiz va ustini yelim qog'oz bilan yopamiz. Eslatma: yelim qog'ozingiz krem ustiga tegib turishi kerak.
Soviganidan so'ng, 1-2 soatga sovutgichga qo'yamiz.
Muzdek qaymoqni yaxshilab ko'pirtiramiz.
Tortga krem surtishdan oldin, ko'pirtirilgan qaymoqni kremga solamiz va aralashtiramiz.
Usti va yonlariga surtish uchun krem olib qo'yamiz va qolganini har bir qavatiga surtib chiqamiz.
Tortni ustiga biron og'irroq narsa qo'yamiz, masalan taxtakach, so'ng biroz muddatga sovutgichga qo'yamiz.
So'ng tortni olib usti va yonlariga krem surtamiz.
Krem chetlaridan chiqqan xamir bo'lakchalarini maydalab, tortni ustiga sepamiz.
Ustini xohishga qarab bezatishingiz mumkin. Biz qulupnay va gullar bilan bezatdik. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
400 gramm un | |
200 gramm sariyog' | |
1 ta tuxum | |
120 millilitr muzdek suv | |
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
Plombir kremiga: |
|
600 millilitr sut | |
2 ta tuxum | |
50 gramm makkajo'xori kraxmali | |
250 gramm shakar | |
150 gramm sariyog' | |
300 millilitr yog'li qaymoq |
5 Sharhlar Hide Comments
yaxshi chiqmadi
Solingan mahsulotlarni miqdoriga e’tibor bering va yana bir bor urinib ko’ring. Mazali chiqishiga ishonchimiz komil!
Umummaaaan oxwamadi kremii vawwe suvga uxwab qoldi
Hozir qilib fikrimni yozzb yuboraman
Albatta pishirib ko’ring. Izohingizni kutamiz!