Videoretsept: «Qandli tayoqcha» yangi-yil pechenyesi
Masalliqlar:
-
230 gramm yumshatilgan sariyog'
-
120 gramm shakar
-
1 ta tuxum
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
380 gramm un
-
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
Bir necha tomchi qizil rangli bo'yoq
Yo’nalishlar
Mayin va uqalanib ketadigan yangi yil pechenyesi barchani bayram arafasida hursand qiladi. Bu pechenyeni farzandlar bilan birgalikda tayyorlashni taklif qilamiz – mazali va hursandchilikga to’la bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
230 gramm yumshatilgan sariyog' | |
120 gramm shakar | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
380 gramm un | |
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
Bir necha tomchi qizil rangli bo'yoq |
Idishda mikser yordamida yumshoq sariyog’ni shakar va vanil shakar bilan aralashtiramiz.
Maslahat: mikserning spiralsimon nasadkalari bilan foydalanganingiz qulay.
Tuxum qo’shib, yana bir marta aralashtiramiz.
Qabartma qo’shib, oz-ozdan un qo’shib, xamirni aralashtiramiz ammo dumaloq qilib yig’maymiz.
Xamirni 2 ga bo’lib, bir qismiga qizil bo’yoq qo’shib aralashtiramiz.
Ikki xamirni to’plab, sovutgichga 15-20 daqiqaga qo’yamiz.
Har bir xamirdan birozdan chimchilab ikkita yupqa kolbasa shakliga keltiramiz.
Ikkita rangli xamirni bir biriga o’ramiz.
Pechenyeni patnisga terib, shakllantiramiz. 180C gacha qizdirilgan pechga 10-15 daqiqaga qo’yamiz.
Masalliqlar:
230 gramm yumshatilgan sariyog' | |
120 gramm shakar | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
380 gramm un | |
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
Bir necha tomchi qizil rangli bo'yoq |