fbpx
Videoretsept: pechda pishirilgan go’sht bilan kartoshka

Videoretsept: pechda pishirilgan go’sht bilan kartoshka

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kartoshka va xushbo’y ziravorlar bilan pechda pishirilgan mol go’shti – to’yimli va suvli taom bo’lib, uni ham har kungi tushlik uchun, ham bayramona dasturxon uchun tayyorlash mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 70 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm "Kamil" mol go'shti, Silverside
800 gramm kartoshka
60 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i
1 osh qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq quritilgan rozmarin
1 choy qoshiq oregano
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
Qadam 1
Tugallandi

Kartoshkani tozalab, o’rtacha kubiklarga kesamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Mol go’shtini kartoshkadan kattaroq bo’laklarga kesamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Chuqur idishda kartoshka, go’sht, zaytun yog’i, tuz, murch, sarimsoqpiyoz kukuni, quritilgan rozmarin va oreganoni birlashtiramiz. Yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qolipga folga solib, go’sht bilan kartoshkani solamiz, folgani berkitib 200C gacha qizdirilgan pechga 1-1,5 soatga qo’yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor bo’lishidan 15 daqiqa oldin kartoshka bilan go’sht qizarishi uchun folgani ochamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor taomni ustiga xohishga ko’ra maydalangan ko’kat sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o'zbek tilida): t.me/korzinka_uzb

Reklama huquqi asosida.

  • 2 soat
  • Portsiya 3
  • O’rtacha
  • 200C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm "Kamil" mol go'shti, Silverside
800 gramm kartoshka
60 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i
1 osh qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq quritilgan rozmarin
1 choy qoshiq oregano
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
oldingi
Videoretsept: lavashdan tovuqli lodochkalar
keyingi
Videoretsept: nachinkali pishirilgan olma

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.