fbpx
Videoretsept: kefir asosida pankeyklar

Videoretsept: kefir asosida pankeyklar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Nonushta uchun mazali va ishtahaochar blinchiklar. Kefir asosida tayyorlanadigan pankeyklar tez va oson tayyorlanib, mayin, havodor bo’lib pishadi. Ularni asal, murabbo, turli-xil meva va rezavor mevalar bilan dasturxonga tortish mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 millilitr "365 Kun" kefiri iliq
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
2 ta "365 kun» tuxumi
120 gramm "365 Kun" shakari
1 choy qoshiq vanil shakari
290 gramm "365 Kun" uni
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
70 millilitr "365 kun" o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Idishda iliq kefir va iste’mol sodasini aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum, shakar va vanil shakarini qo’shib, mikser yoki venchik yordamida ko’pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Elangan un bilan qabartma qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oxirida o’simlik yog’i qo’shib yaxshilab aralashtiramiz. Xamirni 5-10 daqiqaga tindirgani qoldiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tovani qizdirib, olovni pasaytiramiz va 2-3 osh qoshiqdan xamirni tovaga solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Birinchi pufakchalar hosil bo’lishi bilan, pankeykni aylantirib, boshqa tomonini yana 40-50 soniya davomida qizartirib qovuramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor pankeyklarni xohishga ko’ra rezavor mevalar bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o'zbek tilida): t.me/korzinka_uzb

Reklama huquqi asosida.

  • 1 soat
  • Portsiya 3
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 millilitr "365 Kun" kefiri iliq
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
2 ta "365 kun» tuxumi
120 gramm "365 Kun" shakari
1 choy qoshiq vanil shakari
290 gramm "365 Kun" uni
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
70 millilitr "365 kun" o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: lavashdan ruletchalar
keyingi
Videoretsept: «Pishloqli bulutlar» salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.