Hyatt Regency mehmonxonasidan retsept: Qozon kabob
Masalliqlar:
-
500 gramm qo'y to'shi
-
500 gramm kartoshka
-
1 bosh piyoz
-
0.5 choy qoshiq zira
-
0.5 choy qoshiq kashnich
-
0,5 choy qoshiq quritilgan rayhon
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir
-
qovurish uchun o'simlik yog'ixohishga qarab qo'y yog'idan foydalanishingiz mumkin
Yo’nalishlar
Qozon kabob bu bizlarning eng sevimli, shu bilan birga juda to’yimli taomlarimizdan biridir. Uning mazali chiqishi uchun kerakli mahsulotlarni to’g’ri solish va asosiysi taomni xush kayfiyatda pishirish kifoyadir!
Bugun Hyatt Regency mehmonxonasining bosh oshpazi ana shunday mazali taom retseptini biz bilan bo’lishishga qaror qildi. Demak, boshladik!
Masalliqlar:
500 gramm qo'y to'shi | |
500 gramm kartoshka | |
1 bosh piyoz | |
0.5 choy qoshiq zira | |
0.5 choy qoshiq kashnich | |
0,5 choy qoshiq quritilgan rayhon | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Qo'y go'shtini kerakli hajmdagi bo'laklarga bo'lasiz.
Tuzdan tashqari barcha ziravorlarni go'shtga sepamiz va 20 daqiqaga marinadlab (shunchaki chetga olib) qo'yamiz. Agarda siz uzoqroq turishini xohlasangiz, unda sovutgichga solib qo'ying.
Qozonda yog'ni qizdirib, go'shtni yaxshilab qizartirib olamiz.
Go'shtga tuz sepamiz va qozondan olamiz.
Kartoshkani avvalroq po'stini archib qo'yamiz.
Go'shtni qovurgan yog'imizda kartoshkani ham solib, qovurib olamiz.
Kartoshkani kam-kamdan solib, qizartirib qovursangiz maqsadga muvofiq bo'ladi.
Qovurish jarayonida tuz seping.
Kartoshkani ustidan go'shtni teramiz va 20-30 daqiqaga dimlab qo'yamiz.
Ehtiyojga qarab 50 millilitr suv solish mumkin.
Pishgan taomni sabzavotlar va albatta to'g'ralgan piyoz bilan birga dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm qo'y to'shi | |
500 gramm kartoshka | |
1 bosh piyoz | |
0.5 choy qoshiq zira | |
0.5 choy qoshiq kashnich | |
0,5 choy qoshiq quritilgan rayhon | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
1 Sharhlar Hide Comments
AGAR GO’SHT SHIRIN VA YUMSHOQ (hil-hil))) CHIQISHINI HOHLASELA GO’SHTNI ALOHIDA KAMIDA 30 DAQIQA DIMLAB SO’NG YANA KARTOSHKA BILAN 30-40 DAQIQA DIMLASH KERAK, bômasa rasmdidaka chiroyli lekin chandir bôb piwiwi mumkin…