fbpx
Videoretsept: pechda pishirilgan gulkaramli salat

Videoretsept: pechda pishirilgan gulkaramli salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Lazzatli, foydali va tez tayyorlanadigan salat. Salatning farqli tomoni – gulkaram pechda pishirilishi, brinza esa o’simlik yog’ida qovurilishida. 

Pechda pishirilgan sabzavotli salatlar – sovutgichdagi sabzavotlarni ishlatib yuborishning mukammal yo’li. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta bodring
1 ta qizil bulg'or qalampiri
2 bog' salat bargi
100 gramm brinza
20 millilitr o'simlik yog'i
250 millilitr muzdek suv
150 gramm un
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
0,5 choy qoshiq oregano
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
200 gramm maydalangan suxari
200 millilitr 15-20 % li smetana
0,5 choy qoshiq tuz
bir chimdim qora murch
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' shivit
yarim limon sharbati
10 millilitr zaytun yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Gulkaramni o’rtacha bo’laklarga bo’lib, qaynagan suvda 5 daqiqa davomida qaynatamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Idishda suv, un, ziravorlar va qabartmani aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bu aralashma ichiga gulkaramlarni solib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Har bir bo’lakni panirovka uchun uvoqlar ichida aralashtirib pergament qo’gozi solingan patnisga teramiz.

Qadam 5
Tugallandi

190C gacha qizdirilgan pechda 20-25 daqiqa davomida qizartirib pishiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Idishda smetana, ziravorlar, pressdan chiqarilgan sarimsoqpiyoz, maydalangan shivit, limon sharbati va zaytun yog’ini aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Brinzani o’rtacha xajmdagi bo’laklarga kesib, o’simlik yog’ida har tomonini 2 daqiqadan qovuramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Sabzavotlarni istalgan shaklda to’g’rab, smetanalik sous qo’shamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Salatni salat uchun idishga solib, ustiga gulkaram, qovurilgan brinzani terib, ustidan smetanalik sousni quyamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 45 daqiqa
  • Portsiya 5
  • O’rtacha
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta bodring
1 ta qizil bulg'or qalampiri
2 bog' salat bargi
100 gramm brinza
20 millilitr o'simlik yog'i
250 millilitr muzdek suv
150 gramm un
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
0,5 choy qoshiq oregano
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
200 gramm maydalangan suxari
200 millilitr 15-20 % li smetana
0,5 choy qoshiq tuz
bir chimdim qora murch
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' shivit
yarim limon sharbati
10 millilitr zaytun yog'i
oldingi
Videoretsept: shokolad qo’shilgan suli parchali pechenye
keyingi
Videoretsept: smetana va djemlik quymoqlar (blinchik)

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.