fbpx
Videoretsept: pechda pishirilgan tovuqdan shashlik

Videoretsept: pechda pishirilgan tovuqdan shashlik

Masalliqlar:

  • Xantallik marinad uchun

  • Tomatlik marinad uchun

  • Soyalik marinad uchun

Yo’nalishlar

Agar pikniklarni so’gingan bo’lsangiz, lekin mangalingiz yo’q, yoki ob-havo to’gri kelmasa, uyda piknik tashkillang. Shashliksiz piknik bo’larmi?

Pechda ham lazzatli shashlik pishirish mumkin. Bu retseptda oson tayyorlanadigan 3 xil marinad bilan bo’lishdik, har – biri tovuq go’shtiga o’zgacha ta’m qo’shadi.  

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
600 gramm tovuq filesi
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
30 millilitr o'simlik yog'i
Xantallik marinad uchun
1 choy qoshiq xantal
1 choy qoshiq suyuq asal
Tomatlik marinad uchun
1 choy qoshiq smetana
1 choy qoshiq tomat pastasi
Soyalik marinad uchun
2 osh qoshiq soya qaylasi
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq filesini yuvib, quritib, taxminan 2x2 smlik bo’laklarga bo’lamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ziravorlar qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kesilgan tovuq filesini 3 ta idishga teng bo’lamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Birinchi idishda xantal va asalni aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ikkinchi idishda smetana bilan tomat pastasini aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Uchinchisiga soya qaylasini qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Barcha idishlarni ustini p;yonka bilan berkitamiz va 2 soatga sovutgichga qo’yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Taxta tayoqchalarni oldindan 30 daqiqaga suvga solamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Marinadlangan tovuq filesini taxta tayoqchalarga o’tkazib, pergament qog’ozi solingan patnisga teramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Shashliklarni ustiga qolgan marinadlar va o’simlik yog’i surtamiz.

Qadam 11
Tugallandi

200C gacha qizdirilgan pechga 25 daqiqaga qizarib pishguncha qo’yamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tayyor shashliklarni dasturxonga marinadlangan piyoz yoki tomat sousi bilan tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 200С

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
600 gramm tovuq filesi
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
30 millilitr o'simlik yog'i
Xantallik marinad uchun
1 choy qoshiq xantal
1 choy qoshiq suyuq asal
Tomatlik marinad uchun
1 choy qoshiq smetana
1 choy qoshiq tomat pastasi
Soyalik marinad uchun
2 osh qoshiq soya qaylasi
oldingi
Videoretsept: kartoshka pyurelik vatrushka
keyingi
Videoretsept: shokolad pastalik keks

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.