Yalpizli pechenye
Masalliqlar:
-
30 gramm yalpiz
-
100 gramm shakar
-
100 gramm sariyog'
-
1 ta tuxum
-
200 gramm un
-
0,5 choy qoshiq qabartma
Yo’nalishlar
Yalpizli ajoyib pechenye. Nafaqat chiroyli rangli balki mazzali va xushbo’y pishiriq. Mayin, yumshoq va uqalanib keladigan pechenye – bir piyola choyga ajoyib qo’shimcha. Albatta ta’tib ko’ring, sizga yoqadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
30 gramm yalpiz | |
100 gramm shakar | |
100 gramm sariyog' | |
1 ta tuxum | |
200 gramm un | |
0,5 choy qoshiq qabartma |
Alohida idishga yalpiz barglarini solib. shakar qo’shib aralashtiramiz. Shakar va yalpizni blender yordamida maydalaymiz.
Un va qabartmani aralashtirib, yashil massaga qo’shib xamir qoramiz.
Xamir yumshoq va biroz yopishqoq bo’ladi, lekin pechenye yumshoq va mayin qolishi uchun boshqa un qo’shish kerak emas.