fbpx
Videoretsept: go’shtli nachinka bilan «stromboli»

Videoretsept: go’shtli nachinka bilan «stromboli»

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Bezak uchun

Yo’nalishlar

Stromboli — rulet shaklida o’ralgan turli-xil nachinkali pitsa. Oson tayyorlanadigan to’yimli va lazzatli taom.  

Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
250 millilitr iliq suv
1 osh qoshiq asal
8 gramm quruq xamirturush
1 choy qoshiq tuz
20 millilitr o'simlik yog'i
380 gramm un
Nachinka uchun
30 millilitr o'simlik yog'i
400 gramm mol go'shtidan qiyma
1 ta piyoz
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq yanchilgan kashnich
40 millilitr ketchup
150 gramm motsarella pishlog'i
Bezak uchun
10 millilitr zaytun yog'i
10 gramm parmezan pishlog'i
Qadam 1
Tugallandi

Idishda iliq suv, asal va xamirturushni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Elangan un qo’shib, yana aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

O’simlik yog’i qo’shib, yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirli idishni ustini plyonka bilan berkitib, iliq joyga 1 soatga qo’yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Piyoz va bulg’or qalampirini o’rtacha kubik shaklida to’g’raymiz. Sarimsoqpiyozni pressdan chiqaramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Chuqur tovada o’simlik yog’ini qizdirib, qiymani qovuramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Piyoz va sarimsoqpiyoz qo’shib, o’rtacha olovda 3 daqiqa davomida qo’vuramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Bulg’or qalampiri, ziravorlar qo’shib, yana 2 daqiqa qovuramiz.
Tayyor nachinkani sovutamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Oshgan xamirni 2 ga bo’lamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Xamirni 1 qismini 2-3 sm qalinlikda yoyamiz. Ustiga ktchup surtamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Nachinkani yarmini tekkislab solamiz va ustiga qirg’ichdan chiqarilgan pishloq sepamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Xamirni rulet shaklida o’rab, chetlarini chimchilab, 30 daqiaga oshishi uchun qoldiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Pichoq yordamida ustida bir nechta kesim qilib, zaytun yog’i surtamiz va qirg’ichdan chiqarilgan parmezan pishlog’i sepamiz.
Xuddi shu qadamlarni xamirning ikkinchi bo’lagi bilan qaytaramiz.

Qadam 14
Tugallandi

190С gacha qizdirilgan pechga qizarib pishguncha, 25-30 daqiqaga, qo’yamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 40 daqiqa
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
250 millilitr iliq suv
1 osh qoshiq asal
8 gramm quruq xamirturush
1 choy qoshiq tuz
20 millilitr o'simlik yog'i
380 gramm un
Nachinka uchun
30 millilitr o'simlik yog'i
400 gramm mol go'shtidan qiyma
1 ta piyoz
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq yanchilgan kashnich
40 millilitr ketchup
150 gramm motsarella pishlog'i
Bezak uchun
10 millilitr zaytun yog'i
10 gramm parmezan pishlog'i
oldingi
Videoretsept: qatlama xamirdan nachinkali savatchalar
keyingi
Videoretsept: «Mandarin» yangi yil salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.