fbpx
Videoretsept: dangasa «Napoleon»

Videoretsept: dangasa «Napoleon»

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tayyor xamirdan«Napoleon» nafaqat chiroyli balki juda mazzalidir. Qaynatilgan krem miqdori ko’pligi uni juda mayin ta’mli va shirin qiladi. Bu dangasa tort faqatgina mayin emas, balki qarsillagan bo’lishini istasangiz – qatlamali xamirturushsiz xamirni tanlang. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 litr sut
300 gramm shakar
4 ta tuxum
1 choy qoshiq vanilin
60 gramm un
60 gramm sariyog'
550 gramm tayyor qatlamali xamirturushsiz xamir
Qadam 1
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz

Sutga shakar qo’shib, aralashtiramiz va o’rtacha olovga qo’yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Boshqa idishda tuxum, un va vanilinni aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sekinlik bilan tuxumli massani issiq sutga qo’shamiz. Aralashtirishni to’xtatmaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Past olovga qo’yamiz. To’xtamasdan aralashtiramiz, yopishib qolmasligi uchun ayniqsa tova pastini aralashtiramiz. Qaynatilgan krem quyuqlashib qaynashni boshlashi bilan, olovdan olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Issiq kremga yumshoq sariyog’ni qo’shib, eriguncha aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qaynatilgan kremni oziqa plyonkasi bilan berkitamiz. Krem sovuyotganda ustida plyonka hosil bo’lmasligi uchun oziqa plyonkasi kremga tegib turishi kerak. Shunday holda kremni xona haroratida sovugani qoldiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qatlamlarni tayyorlaymiz

Xamirni eritib o’rtacha hajmdagi to’rtburchaklarga kesamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirchalarni pergament qog’ozi solingan patnisga teramiz va 190C gacha qizdirilgan pechda 15-20 daqiqa davomida qizartirib pishiramiz. Chiqarib sovutamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tortni yeg'amiz

Pishgan xamirni qo’l bilan qavatlarga bo’lamiz va biroz qismini bezak uchun qoldiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Sovugan krem ichiga xamirni qo’shamiz.

Qadam 11
Tugallandi

20 sm dimetrlik qolipga oziqa plyonkasini solamiz, qolip chetlarida ham plyonka qoldiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tayyor massani qolipga solamiz. Ustini ham plyonkada berkitib sovutgichga 4-5 soatga qo’yamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Sovugan tortni qolipdan chiqarib, xamir uvoqlari bilan bezatamiz va dasturxonga tortamiz. Tortni darrov iste’mol qilishni tavsiya etamiz, chunki uzoq muddat tursa xamir yumshoq bo’lib qoladi.

Yoqimli ishtaha!

  • 3 soat
  • Portsiya 6
  • Oddiy
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 litr sut
300 gramm shakar
4 ta tuxum
1 choy qoshiq vanilin
60 gramm un
60 gramm sariyog'
550 gramm tayyor qatlamali xamirturushsiz xamir
oldingi
Videoretsept: go’shtli qatlamali somsa
keyingi
Pesto qaylasi ostida pishirilgan tovuq filesi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.