fbpx
Videoretsept: tovuq va sabzavotli vok lapshasi

Videoretsept: tovuq va sabzavotli vok lapshasi

Masalliqlar:

  • Marinad uchun

Yo’nalishlar

Tovuq va sabzavotli vok lapshasini uy sharoitida tayyorlash oson. Agar maxsus vok tovangiz bo’lmasa, har qanday chuqur tovani ishlatishingiz mumkin, asosiysi – masalliqlarni tez qovurish kerak. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm udon lapshasi
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3 gramm zanjabil
1 ta qizil bulg'or qalampiri
30 millilitr soya qaylasi
15 millilitr guruch sirkasi
20 millilitr kunjut yog'i
50 millilitr o'simlik yog'i
1 osh qoshiq asal
1 osh qoshiq oq kunjut
1 bog' ko'k piyoz
Marinad uchun
250 gramm tovuq filesi
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
30 millilitr soya qaylasi
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
5 gramm zanjabil
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq filesini yuvib, salfetkada quritib artamiz. Ingichka somoncha shaklda to’g’rab, chuqur idishga solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Marinad tayyorlaymiz

Sarimsoqni pressda maydalaymiz, zanjabilni qirg’ichdan o’tkazamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovuq filesiga sarimsoq, zanjabil, soya qaylasi va kraxmal qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Marinadlanishi uchun 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Lapsha tayyorlaymiz

Udon lapshasini tuz solingan suvda, qadoqdagi ko’rsatmalarga rioya qilgan holda, pishiramiz. Pishgan lapshani sovuq suvga solamiz, va so’ngra durshlagga olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Bulg’or qalampirini o’rtacha somoncha shaklida to’g’raymiz. Sarimsoq va zanjabilni maydalab to’g’raymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Chuqur tova yoki vok tovasida o’simlik yog’ini qizdirib olamiz. Tovuq filesini solib, baland olovda pishguncha qovuramiz. Tayyor fileni tarelkaga olib qo’yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tovaga sarimsoq va zanjabilni solib biroz qovuramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Bulg’or qalampirini qo’shib, yana 2 daqiqa qovuramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Qovurilgan tovuq filesini qo’shamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Soya qaylasi, guruch sirkasi, kunjut yog’i va asalni qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tayyor lapshani qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz va 3-4 daqiqa davomida past olovda qovuramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Tayyor taomni ko’k piyoz va kunjut bilan bezatib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 45 daqiqa
  • Portsiya 3
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm udon lapshasi
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3 gramm zanjabil
1 ta qizil bulg'or qalampiri
30 millilitr soya qaylasi
15 millilitr guruch sirkasi
20 millilitr kunjut yog'i
50 millilitr o'simlik yog'i
1 osh qoshiq asal
1 osh qoshiq oq kunjut
1 bog' ko'k piyoz
Marinad uchun
250 gramm tovuq filesi
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
30 millilitr soya qaylasi
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
5 gramm zanjabil
oldingi
Videoretsept: tovuqli naggetslar garnir bilan
keyingi
Batafsil fotoretsept: olxo’ri qo’shilgan bodomli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.