fbpx
Frikadelka va mayda makaronli sho’rva

Frikadelka va mayda makaronli sho’rva

Masalliqlar:

  • frikadelka uchun

  • sho'rva uchun

Yo’nalishlar

Sho’rva retseptlari nihoyatda xilma-xil –  issiq va sovuqdan tortib, yengil va juda to’yimlilarigacha. Bugun biz sizga frikadelka va mayda makarondan qanday qilib sho’rva tayyorlashni ko’rsatamiz.

Bunday sho’rva to’yimli, foydali va juda chiroyli bo’lib chiqadi. Sabzavotlar va ko’katlanir mavsumga qarab tanlanishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 37 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
frikadelka uchun
250 gramm mol go'shtidan qiyma
20 gramm pishloq
2 osh qoshiq maydalangan suxari
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
0,5 choy qoshiq oregano
1 ta tuxum
0,5 bog' kashnich
ta'bga ko'ra tuz va murch
sho'rva uchun
2 litr suv
100 gramm piyoz
20 gramm sariyog'
1 bog' ko'k piyoz
0,5 bog' kashnich
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
50 gramm ismaloq
70 gramm maydaroq makaronlar
100 gramm pomidor cherry
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Frikadelkalar tayyorlaymiz:

Pishloqni qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kashnichni yuvib, mayda qilib to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qiymaga sarimsoqpiyoz kukuni yoki 1 ta sarimsoqpiyoz tishchasini maydalab solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ngra pishloq, kashnich, maydalangan suxari, oregano, tuz va murch solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Yong'oq kattaligidagi frikadelkalar hosil qilamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sho'rva tayyorlaymiz:

Kastrulyaga suv solib, qaynatamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Piyoz, ko'k piyoz, sarimsoqpiyoz va kashnichni mayda qilib to'g'raymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ismaloni katta qilib to'g'raymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pomidorlarni ikkiga bo'lamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qaynab turgan suvga to'g'ralgan piyoz, frikadelka va sariyog' solamiz. Qaynab chiqqanidan so'ng, o'rtacha olovda 15 daqiqa qaynatamiz.

Qadam 10
Tugallandi

So'ngra sho'rvaga makaron solib, qaynab chiqqanidan so'ng, yana 5 daqiqa qaynatamiz.

Qadam 11
Tugallandi

So'ngra ko'k pyoz, kashnich, ismaloq, sarimsoqpiyoz, cherry pomidori, ta'bha ko'ra tuz va murch solamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Qaynab chiqqanidan so'ng, olovini o'chirib, qopqog'ini yopib, 10 daqiqa tindiramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 45 daqiqa
  • Portsiya 5
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
frikadelka uchun
250 gramm mol go'shtidan qiyma
20 gramm pishloq
2 osh qoshiq maydalangan suxari
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
0,5 choy qoshiq oregano
1 ta tuxum
0,5 bog' kashnich
ta'bga ko'ra tuz va murch
sho'rva uchun
2 litr suv
100 gramm piyoz
20 gramm sariyog'
1 bog' ko'k piyoz
0,5 bog' kashnich
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
50 gramm ismaloq
70 gramm maydaroq makaronlar
100 gramm pomidor cherry
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Batafsil fotoretsept: qulupnyga ega biskitli rulet
keyingi
Quyiltirilgan sutga ega tez tayyor bo’ladigan pirojniylar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.