Karam barglaridan goluptsi
Masalliqlar:
-
700-800 gramm karam
-
300 gramm mol go'shtidan qiyma
-
200 gramm piyoz
-
200 gramm qizil sabzi
-
60 gramm guruch
-
0,5 bog' shivit
-
1 osh qoshiq pomidor pastasi
-
1 osh qoshiq smetana
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
300 millilitr suv
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Keling, katta oila uchun yoqimli va xushbo’y ovqat tayyorlaymiz. Goluptsi taomini ukrain yoki rus oshxonasiga mansub deb bilishadi, bu karam barglariga o’ralgan sabzavotli yoki go’shtli qiyma hisoblanadi.
Biz sizga pomidor-smetana qaylasida pishirilgan goluptsilarning oddiy, ammo shu bilan birga juda mazali retseptini taqdim etamiz. Yaqinlaringizni ajoyib kechki ovqat bilan siylang.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 27 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
700-800 gramm karam | |
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
200 gramm piyoz | |
200 gramm qizil sabzi | |
60 gramm guruch | |
0,5 bog' shivit | |
1 osh qoshiq pomidor pastasi | |
1 osh qoshiq smetana | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
300 millilitr suv | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Chuqur idishga suv solib(yarimidan ko'proq), qaynatamiz.
O'tkir pichoq yordamida karamning o'zagiga zarar bermagan holda, qattiq joyini kesib olamiz. Karamni qaynab turgan suvga solib 10 daqiqa qaynatamiz (barglari yumshashi kerak).
Karamni suvdan olib, bir necha qavatlarini yechib olib, yana 5-7 daqiqa qaynatamiz.
Ko'proq karam barglari yechib olinmaguncha shu tarzda davom etamiz.
Nachinka tayyorlaymiz:
Sabzini qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz. Piyoz va shivitni mayda qilib to'g'raymiz.
Chuqur tova yoki qozonga yog' solib, sabzi va piyozni oltin rang tusga kirgunicha 10-15 daqiqa qovuramiz. So'ngra olovdan olamiz.
Mol go'shtidan qiymaga 2 osh qoshiq qovurilgan piyoz va sabzi, guruch, shivit, tuz va murch solamiz.
Alohida idishda 300 ml suv, pomidor pastasi, smetana, tuz va murchni aralashtiramiz.
Masalliqlar:
700-800 gramm karam | |
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
200 gramm piyoz | |
200 gramm qizil sabzi | |
60 gramm guruch | |
0,5 bog' shivit | |
1 osh qoshiq pomidor pastasi | |
1 osh qoshiq smetana | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
300 millilitr suv | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |