fbpx
Tvorogli pirog

Tvorogli pirog

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • nachinkasi uchun

  • qiyomi uchun

  • merengasi uchun

Yo’nalishlar

Yumshoq korj, mayin tvorogli qatlam va havodor shakarli merenga ushbu pirogda birlashib, ajoyib bir tam yaratishadi.

Pirog juda mazali va mayin bo’lib chiqadi. Ushbu pirogni tayyorlab, yaqinlaringizni xursand qiling!

Tayyor taomning taxminiy narxi – 31 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
3 ta tuxum sarig'i
1 ta tuxum
120 millilitr iliq sut
50 millilitr o'simlik yog'i
250 gramm un
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
nachinkasi uchun
300 gramm tvorog
1 ta tuxum
150 gramm shakar upasi
qiyomi uchun
30 gramm shakar
150 millilitr qaynoq sut
merengasi uchun
3 ta tuxum oqi
250 gramm shakar
bir chimdim limon kislotasi
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Idishga tuxum, 3 ta tuxum sarig'i va shakar solib, ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ko'pirtirishda davom etgan holda, iliq sut, o'simlik yog'i, un va qabartma solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

22*22 ga dimetrga ega qolip tagiga pergament qog'ozi solib, yonlarini yog'laymiz va hosil bo'lgan massamizni quyib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 35 daqiqaga yuboramiz.

Maslahat: pirog pishganini taxta tayoqchani pirogning eng qalin joyiga tiqib ko'rib bilish mumkin. Agar tayoqchada suyuq xamir izlari bo'lmasa, demak pirog pishgan

Qadam 4
Tugallandi

Qiyomini tayyorlaymiz:

Shakarga qaynoq sut solib, shakar erigunicha aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor korjlarga sut va shakarli qiyom surtamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz:

Idishga tvorog, tuxum va shakar upasi solib, blenderda ko'pirtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Merenga tayyorlaymiz:

Tuxum oqiga bir chimdim tuz solib, mikserning past tezligida ko'prtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Massa ko'pirishni boshlagach tezligni oshiramiz va ko'pik ko'paygach shakar sepib, ko'pirtirshda davom etamiz.

Qadam 9
Tugallandi

So'ngar 5-6 daqiqa shakar erigunicha ko'pirtiramiz.

Maslahat: agar massa yaltiroqroq bo'lishini istasangiz, limon kislotasi qo'shing.

Qadam 10
Tugallandi

Merenganing yarimini "ochiq yulduz" nomli qolipcha tiqilgan konditer qopchasiga soling.

Qadam 11
Tugallandi

Korj ustiga tvorogli nachinka solib, tekkislaymiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tvoroqgli nachinka ustidan qolgan merenga yarimini surtamiz, uning ustidan konditer qopchasidagi merengani qo'yib chiqamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Tayyor pirogni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 35-40 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soatdn ko'proq
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
3 ta tuxum sarig'i
1 ta tuxum
120 millilitr iliq sut
50 millilitr o'simlik yog'i
250 gramm un
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
nachinkasi uchun
300 gramm tvorog
1 ta tuxum
150 gramm shakar upasi
qiyomi uchun
30 gramm shakar
150 millilitr qaynoq sut
merengasi uchun
3 ta tuxum oqi
250 gramm shakar
bir chimdim limon kislotasi
bir chimdim tuz
oldingi
Videoretsept: bayramona osh va ayron
keyingi
Sabzavotli yengil salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.