Gaz pechida pishirilgan shokoladli nachinkaga ega ponchiklar
Masalliqlar:
-
160 millilitr iliq sut
-
50 gramm shakar
-
6 gramm quruq xamirturush
-
40 millilitr o'simlik yog'i
-
1 ta tuxum
-
ustiga surtish uchun tuxum
-
260-280 gramm un
-
bir chimdim tuz
-
3 osh qoshiq shokoladli pasta
-
50 gramm sariyog'
-
100 gramm shakar upasi
Yo’nalishlar
Gaz pechida pishirilgan ponchiklar yog’siz pishiriladi, ammo yog’da pishirilganidek havodor, yumshoq va juda mazali bo’lib chiqadi.
Bunday ponchiklar uchun nachinkani o’z ta’bingizga ko’ra almashtirishingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 17 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
160 millilitr iliq sut | |
50 gramm shakar | |
6 gramm quruq xamirturush | |
40 millilitr o'simlik yog'i | |
1 ta tuxum | |
ustiga surtish uchun tuxum | |
260-280 gramm un | |
bir chimdim tuz | |
3 osh qoshiq shokoladli pasta | |
50 gramm sariyog' | |
100 gramm shakar upasi |
Opara tayyorlaymiz:
Idishga illiq suv, shakar, xamirturush va 3 osh qoshiq un solib, aralashtiramiz. So'ngra ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, 10 daqiqaga issiq joyga olib qo'yamiz.
Tayyor bo'lgan oparaga tuxum, o'simlik yog'i, tuz va un solib, yumshoq xamir qoramiz. 8-10 daqiqa davomida qorib turamiz.
Xamir solingan idishga o'simlik yog'i surtib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz va 1 soatga issiq joyga olib qo'yamiz.
Oshgan xamirni 0,5 sm qalinlikda yoyib, so'ngra undan 8 sm keladigan doirachalar kesib olamiz.
So'ngra doirachalarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, oshishi uchun 15-20 daqiqaga issiq joyga yuboramiz.
Ustiga tuxum surtib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga yuboramiz.
Sovugan ponchiklarga eritilgan sariyog' surtib, shakar upasiga bulg'ab olamiz.
Masalliqlar:
160 millilitr iliq sut | |
50 gramm shakar | |
6 gramm quruq xamirturush | |
40 millilitr o'simlik yog'i | |
1 ta tuxum | |
ustiga surtish uchun tuxum | |
260-280 gramm un | |
bir chimdim tuz | |
3 osh qoshiq shokoladli pasta | |
50 gramm sariyog' | |
100 gramm shakar upasi |