fbpx
Videoretsept: «Archa» asalli torti

Videoretsept: «Archa» asalli torti

Masalliqlar:

  • korj uchun

  • kremi uchun

  • bezak uchun

Yo’nalishlar

Yangi yil dasturxoniga shunday nafis, chiroyli va eng muhimi mazali, archa shaklidagi tort tayyorlashni tavsiya etamiz. Unda nozik asalli ko’rj qaymoq va shokoladli krem bilan mukammal tarzda uyg’unlashgan.

Siz ushbu retseptni asos qilib, har qanday shakldagi pirojniy tayyorlashingiz mumkin, eng muhimi trafaretni tayyorlashdir.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 70 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
korj uchun
100 gramm sariyog'
100 gramm shakar
3 osh qoshiq asal
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
2 ta tuxum
bir chimdim tuz
400 gramm un
kremi uchun
200 gramm "Crafers" sutli shokoladi
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
10 gramm kakao kukuni
200 gramm tvorogli pishloq
70 gramm shakar upasi
150-200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
bezak uchun
yalpiz (myata)
istalgan rezavor meva va mevalar
Qadam 1
Tugallandi

Korj tayyorlaymiz:

Idishda sariyog', asal va shakarni aralashtirib, o'rtacha olovga 3 daqiqaga qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishda tuxumni bir chimdim tuz bilan yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asalli massaga soda solamiz, massa ko'pirgach uni olovdan olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ngra ingichka qilib ko'pirtirilgan tuxumni quyib, yaxshilab, uzluksiz aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tuxumdan so'ng un solib, aralashtiramiz. Xamir ozroq yopishqoq bo'lishi kerak.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni yopishqoq plyonkaga o'rab, 1 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Trafaret tayyorlaymiz, qog'ozdan archa shaklini kesib olamiz (bizning archamizning uzunligi 30 sm, eni 20 sm).

Qadam 8
Tugallandi

Xamirni 3 ga bo'lamiz.

Birinchi bo'lakni pergament qog'ozi ustida yoyib, trafaret qo'yib kesamiz. Sanchqi yordamida teshib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ortiqcha xamir bo'laklarini olib tashlab, gaz pechi patnisiga joylashtiramiz va 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 3-5 daqiqaga yuboramiz. Shu tarzda qolgan ko'rjlarni ham pishirib olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz:

Kremni oldindan tayyorlab qo'ygan yaxshiroq. Shokoladli ganash tayyorlaymiz. Shokoladga qaynoq qaymoq quyib, yaxshilab aralashtiramiz. So'ngra blender yordamida aralashtirib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz va 8 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tvorogli pishloqni shakar upasi va kakao bilan ko'pirtiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Shokoladli ganash quyib, ko'pirtiramiz. Keyin sovuq 35% qaymoq solamiz. Kremni nasadka o'rnatilgan konditer qopchasiga solamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Birinchi ko'rj ustiga oz-ozdan krem quyib chiqamiz. Ustidan yana ko'rj qo'yib, yana krem surtamiz va yana ko'rj qo'yamiz va yana krem surtamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Tortni shokoladlar, marshmellou, istalgan rezavor meva va mevalar bilan bezatamiz. 3-4 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Facebookdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Rasmiy sayt: http://www.crafers.uz/
Rasmiy telegram kanali: crafersuz

Reklama huquqi asosida

  • 4 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
korj uchun
100 gramm sariyog'
100 gramm shakar
3 osh qoshiq asal
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
2 ta tuxum
bir chimdim tuz
400 gramm un
kremi uchun
200 gramm "Crafers" sutli shokoladi
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
10 gramm kakao kukuni
200 gramm tvorogli pishloq
70 gramm shakar upasi
150-200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
bezak uchun
yalpiz (myata)
istalgan rezavor meva va mevalar
oldingi
Videoretsept: «Baunti» torti
keyingi
Batafsil fotoretsept: apelsin sedrasiga ega shokoladli pryaniklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.