fbpx
Xitoycha uslubda pishirilgan go’sht

Xitoycha uslubda pishirilgan go’sht

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Xitoycha uslubda pishirilgan go’sht – xitoy oshxonasining klassik taomi hisoblanadi. Ushbu taom qiziqarli va mazali bo’lib, uni tayyorlash esa umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.

Go’shtning shirin va nordon ta’mi tufayli taom achchiq ta’mga ega va juda to’yimli bo’lib chiqadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm mol go'shti
150 gramm piyoz
100 gramm bulg'or qalampiri
200 gramm bodring
6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
100 gramm o'simlik yog'i
100 gramm soya qaylasi
2 osh qoshiq guruch sirkasi
100 gramm kraxmal
ta'bga ko'ra tuz
ta'bga ko'ra murch
ta'bga ko'ra achchiq qizil qalampir kukuni
Qadam 1
Tugallandi

Go'shtni tahminan 1 sm keladigan bo'laklarga bo'lib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishda 4 osh qoshiq soya qaylasi va guruch sirkasini aralashtiramiz. 3 ta maydalangan sarimsoqpiyozni solib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Go'shtga tuz va murch sepib, marinadni quyamiz va 40 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sabzavotlarni tayyorlaymiz:

Piyozni katta to'rtburchak shaklida, bulg'or qalampirini esa somoncha shaklida to'g'raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qayla tayyorlaymiz:

Idishga 3 ta sarimsoqpiyozni maydalab solamiz. Murch sepib, soya qaylasini solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Go'sht bo'laklarini kraxmalga bulg'ab, tovada pishgunicha qovurib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Go'shtni likopchaga olib, o'sha yog'da piyoz va bulg'or qalampirini tahminan 3 daqiqa qovuramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Idishga go'sht va sabzavotlarni solib, qaylani quyamiz va aralashtiramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 80 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm mol go'shti
150 gramm piyoz
100 gramm bulg'or qalampiri
200 gramm bodring
6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
100 gramm o'simlik yog'i
100 gramm soya qaylasi
2 osh qoshiq guruch sirkasi
100 gramm kraxmal
ta'bga ko'ra tuz
ta'bga ko'ra murch
ta'bga ko'ra achchiq qizil qalampir kukuni
oldingi
Glazurga ega limonli pechenye
keyingi
Videoretsept: zanjabilli xamirdan tayyorlangan shokoladli tart

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.