fbpx
Videoretsept: xamirdagi ochiq sosiskalar

Videoretsept: xamirdagi ochiq sosiskalar

Masalliqlar:

  • oshirma xamiri uchun

  • asosi uchun

Yo’nalishlar

Oddiy xamirdagi sosiskalar yordamida chiroyli va qiziqarli taom pishirish mumkin, bu nafaqat mazali, balki o’zgacha ko’rinishga ega hamdir.

Bunday sosiskalarni doira shaklida tayyorlash usuli bolalarda qo’llarning nozik motorikalarini rivojlantirish va fikrlashni rivojlantirish uchun foydalidir.

Shuning uchun, ularni bolalaringiz bilan pishirishni maslahat beramiz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 18 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
oshirma xamiri uchun
220 gramm un
110 millilitr qaynoq suv
30 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i
1 choy qoshiq shakar
bir chimdim tuz
5 gramm quruq xamirturush
asosi uchun
8 ta sosiska
ustiga sepish uchun kunjut
ustiga surtish tuxum
Qadam 1
Tugallandi

Xamirturushni elangan un, shakar va tuz bilan aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Suv va yog' solib, cho'ziluvchan xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni yopishqoq plyonka bilan yopib, issiq joyga xamir oshishi uchun 30 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni qorib, 8 ta bo'lakka bo'lamiz. Har bir bo'lakni yoyib, unga sosiskani o'raymiz. Yonlarini tugib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

O'tkir pichoq bilan sosiskani oxirigacha, ammo tagidagi xamirni oxirigacha emas kesib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sosiskalarni pergamet qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz. Ustiga ko'pirtirilgan tuxum surtib, kunjut sepamiz. 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

Homiy Invento bolalar bog'chasi (Invento International School)

Sayt: invento.uz
Telegram: t.me/inventouz
Instagram: instagram.com/inventouz
Facebook: facebook.com/inventouz

Telefon: 71 210 9999
Manzil: Shayxontoxur tumani, Furqat ko'chasi, Tashkent City

reklama huquqi asosida

  • 1 soat 30 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
oshirma xamiri uchun
220 gramm un
110 millilitr qaynoq suv
30 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i
1 choy qoshiq shakar
bir chimdim tuz
5 gramm quruq xamirturush
asosi uchun
8 ta sosiska
ustiga sepish uchun kunjut
ustiga surtish tuxum
oldingi
Videoretsept:trayfl stakandagi desert
keyingi
Quritilgan mevalar solib pishirilgan oshirma bulochkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.