fbpx
Limonli to’rtburchaklar

Limonli to’rtburchaklar

Taomlari:

    Masalliqlar:

    • qumoq xamiri uchun

    • limonli qatlamiga

    Yo’nalishlar

    Bu mashhur amerikancha shirinlik bo’lib, ushbu pishiriqlar yumshoq qumoq xamir va shirin va nordon asosdan iborat. Ularni tayyorlash qiyinchilk tug’dirmaydi, natijasi esa albatta sizni qoniqtiradi

    Biroz qarsildoq qaymoqli asos va yoqimli nordon ta’mga ega limonli qatlam –  ishoning, bu har kimning ko’nglini ko’taradi! Bir finjon choy esa ushbu yorqin kvadratlarni mukammal ravishda to’ldiradi.

    Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    qumoq xamiri uchun
    115 gramm sariyog'
    130 gramm un
    bir chimdim tuz
    30 gramm shakar upasi
    limonli qatlamiga
    80 milliltr limon sharbati
    1 ta limon sedrasi
    30 gramm un
    180 gramm shakar
    2 ta tuxum
    Qadam 1
    Tugallandi

    To'rtburchak shaklidagi qolipni (20x20 sm) pergament qog'ozi bilan qoplaymiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Unni shakar upasi va tuz bilan aralashtiramiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Sariyog' solib, tezda xamir qoramiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Xamirni qolipga qo'yib, qo'lda yoyamiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 10-15 daqiqaga yuboramiz.

    Korjning chetlari qizarishni boshlaganidan so'ng, gaz pechidan olamiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Limonli qatlamini tayyorlaymiz:

    Shakarni limon sedrasi bilan aralashtiramiz shunda pishiriq xushbo'yroq bo'ladi. Un solib, aralashtiramiz.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Xona haroratidagi tuxumlarni shakar bilan ko'pirtiramiz. Limon sharbatini qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Hosil bo'lgan aralashmani korj ustiga quyamiz. 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga yuboramiz.

    Qadam 9
    Tugallandi

    Pishiriqni gaz pechi panjarasida sovutib, so'ngra kamida 1 soat iliq xona haroratida sovutamiz. Pirogni 9 ta to'rtburchakka kesib olamiz, har kesganimizdan so'ng pichoqni suvda yuvib keyin kesish shart.
    Shakar upasini sepib, dasturxonga tortamiz.

    Yoqimli ishtaha!

    • 40 daqiqa
    • Portsiya 6
    • O’rtacha
    • 180 C

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    qumoq xamiri uchun
    115 gramm sariyog'
    130 gramm un
    bir chimdim tuz
    30 gramm shakar upasi
    limonli qatlamiga
    80 milliltr limon sharbati
    1 ta limon sedrasi
    30 gramm un
    180 gramm shakar
    2 ta tuxum
    oldingi
    Videoretsept: mikroto’lqinli pechda pishirilgan nonushta – quymoq va desert
    keyingi
    Videoretsept: Mandie Pie tayyor aralashmasidan vanilli pankeyklar

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.