Karri ziravoridan pishirilgan tovuqli taom
Masalliqlar:
-
4 dona tovuq oyoqchalari
-
1 bosh piyoz
-
1 ta yashil bulg'or qalampiri
-
200 gramm smetana
-
1-2 osh qoshiq karri ziravori
-
ta'bga qarab tuz
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Karri ziravoridan tayyorlanilgan tovuqli ovqat tayyorlab ko’rganmisiz? Atigi 20-30 daqiqa vaqtingizni oluvchi o’zgacha ta’mli bu ovqatni albatta tayyorlab ko’ring!
Karri – bu Hindistondagi eng mashhur ziravorlardan biri bo’lib, bu bir necha xil ziravorlar birlashmasidan iboratdir. Bizda bunday Karri – nomi ostidagi ziravorlarni deyarli barcha supermarketlardan topish mumkin.
Masalliqlar:
4 dona tovuq oyoqchalari | |
1 bosh piyoz | |
1 ta yashil bulg'or qalampiri | |
200 gramm smetana | |
1-2 osh qoshiq karri ziravori | |
ta'bga qarab tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Tovuq oyoqchalarini po'sti va suyagidan ajratamiz.
Go'shtini 2 sm qalinlikda to'g'rab chiqamiz.
Piyozni mayda to'rtburchak shaklda to'g'raymiz va tovada qovurib, sal qizartirib olamiz.
Piyoz ustidan to'g'ralgan go'shtni solamiz va birgalikda 5-7 daqiqa qovuramiz.
Bulg'or qalampirini to'rtburchak shaklda to'g'raymiz va tovaga solamiz.
Tuz sepamiz va 5 daqiqaga dimlab qo'yamiz.
Smetanaga karri ziravorlaridan solamiz va aralashtiramiz.
Bu smetanali aralashmani ham tovaga solamiz, 5 daqiqa tinmasdan yaxshilab aralashtirib turamiz.
Agar juda ham quyuq chiqsa, unda 50 ml suv qo'shing.
Bu ovqat qaynatilgan guruch bilan tortiladi. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
4 dona tovuq oyoqchalari | |
1 bosh piyoz | |
1 ta yashil bulg'or qalampiri | |
200 gramm smetana | |
1-2 osh qoshiq karri ziravori | |
ta'bga qarab tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |