fbpx
Tovuqli pirog

Tovuqli pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Biz tovuq go’shtidan tayyorlangan piroglarni juda yoqtiramiz. Ushbu retseptda noodatiy masalliq mavjud – bu olma va biz bu masalliqni qoldirib ketmasligingizni maslahat beramiz.

Bunday ajoyib va yoqimli ko’rinishga ega pirog istalgan dasturxonni bezashi aniq.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm xamirturushsiz qatlama xamir
600 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
50 millilitr o'simlik yog'i
150 gramm piyoz
100 gramm nordon timyan shoxchalari
1 osh qoshiq xantal
2 ta tuxum bittasi ustiga surtish uchun
bir nechta timyan shoxchalari ta'bga ko'ra
200 gramm pishloq
1 osh qoshiq kunjut ustiga sepish uchun
Qadam 1
Tugallandi

O'simlik yog'ida tovuq go'shtidan qiymani tahminan 4-5 daqiqa qovuramiz. So'ngra uni alohida idishga olib, sovutamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Olmani qirg'ichning mayda tishidan o'tkazamiz. Piyozni mayda to'g'raymiz. Sovugan qiymaga olma, piyoz, xantal va bitta tuxum (ikkinchisini ustiga surtishga olib qo'yamiz) solamiz. Va timyan shoxshasini solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni 2 ta bir xil bo'lakka bo'lamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qatlama xamirni birinchi bo'lagini qalinligi 3 mm keladigan qilib yoyamiz va diametri 22 sm keladigan yog'langan qolipga joylashtiramiz. Xamir chetlari kattaroq bo'lishi kerak.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirning ikkinchi bo'lagini qalinligi 5 mm keladigan qilib yoyamiz. Diametri esa qolip o'lchamiday bo'lishi kerak (22sm). Xamir o'rtasidan dumaloq shakl kesib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qolip ichidagi xamirga tovuqli qiyma solamiz. Qoshiq yordamida tekkislaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ustidan qirg'ichning katta tishidan chiqazilgan pishloqni solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

So'ngra ustini xamirning ikkinchi qismi bilan yopamiz. Pastki xamirning chetlarini tepaga qilib yopamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Pirog ustiga tuxum surtib, kunjut sepamiz.

Qadam 10
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30-35 daqiqa pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 5
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm xamirturushsiz qatlama xamir
600 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
50 millilitr o'simlik yog'i
150 gramm piyoz
100 gramm nordon timyan shoxchalari
1 osh qoshiq xantal
2 ta tuxum bittasi ustiga surtish uchun
bir nechta timyan shoxchalari ta'bga ko'ra
200 gramm pishloq
1 osh qoshiq kunjut ustiga sepish uchun
oldingi
Pomidor va baqlajonli iliq salat
keyingi
Videoretsept: karamelli krem va marshmellouli desert

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.