fbpx
Videoretsept: qaymoqli kremga ega eklerlar

Videoretsept: qaymoqli kremga ega eklerlar

Masalliqlar:

  • eklerlarga

  • kremiga

Yo’nalishlar

Eklerlar biz uchun bolalikni eslatuvchi va bayram shukuhini taqdim etuvchi ta’m. Sizlarga ushbu mayin, yumshoq shirinliklarni tayyorlab ko’rishni va ichiga qaymoqli krem solib, tanovvul qilishni tavsiya etamiz.

Bunday mazali desertni tayyorlash qiyin emas, faqatgina bizning retseptimizga amal qilsangiz bas.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

 

Masalliqlar:

Portsiya:
eklerlarga
120 millilitr suv
80 millilitr sut
100 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
5 gramm tuz
6 gramm shakar
140 gramm un
220 gramm tuxum
kremiga
300 gramm 35 %li yog'li qaymoq
200 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Idishga suv va sut solamiz. Shakar, tuz va yog' solamiz. Aralashtirib turgan holda shakar, tuz va yog' erigunicha qaynatamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qaynaganidan so'ng, un solib, aralashtirishda davom etamiz.

Izoh: bu holat unni shok holatiga keltirish deb ataladi.

Qadam 3
Tugallandi

Endi 4-5 daqiqa past olovda aralashtirib ishqalagan holda un qumoqlarini ketkazamiz. Avvaliga xamir bir tekis holda bo'lmaydi, so'ngra esa xamir to'plana boshlaydi.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni oddiy idishga olib, sovushini kutamiz ( tahminan 50 C darajaga kelishi kerak).

Qadam 5
Tugallandi

Tuxumlarni boshqa idishda aralashtirib, xamirga oz-ozdan tuxumni quyamiz va mikserning xamirga mo'ljallangan nasadkasi yordamida aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Hosil bo'lgan xamirni konditer qopchasiga quyib, eklerlarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10 daqiqa, so'ngra haroratni 170 C darajaga qo'yib, yana 15-20 daqiqa pishiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Eklerlar tayyor bo'lib, sovuganidan so'ng, krem tayyorlaymiz. Sovuq qaymoqni mikser yordamida pik holatiga keltirib, ko'pirtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Quyiltirilgan sut solib, lopata yordamida extiyotkorlik bilan aralashtiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Kremni konditer qopchasiga solamiz.

Eklerlarni o'rtasidan kesib ikkiga bo'lamiz, ichini krem bilan to'ldiramiz va bo'laklarni birlashtiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Ta'bga ko'ra ekler ustiga eritilgan shokolad quyishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • Portsiya 20
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
eklerlarga
120 millilitr suv
80 millilitr sut
100 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
5 gramm tuz
6 gramm shakar
140 gramm un
220 gramm tuxum
kremiga
300 gramm 35 %li yog'li qaymoq
200 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti
oldingi
Tvorogli xamirdan olchali o’ramalar
keyingi
Shtreisel va olchali pirojkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.