fbpx
Videoretsept: kievcha kotletlar

Videoretsept: kievcha kotletlar

Masalliqlar:

  • panirovka uchun

Yo’nalishlar

Sersuv va mazali kievcha kotletlar, oddiy kotletdan qiymadan emas, savalangan tovuq filesidan tayyorlanganligi bilan ajralib turadi.

Ushbu videoretseptda biz qanday qilib usti qarsildoq, ichi esa yumshoq bo’lib pishadigan kotlet tayyorlashni ko’rsatamiz. Uni tayyorlash oson bo’lib, sizdan ko’p vaqt talab qilmaydi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 38 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tovuq filesi tovuq ko'kragi
150 gramm sariyog'
yarim bog' petrushka
yarim bog' shivit
ta'bga ko'ra tuz va murch
panirovka uchun
200 gramm un
4-5 ta tuxum
300-400 gramm maydalangan suxari
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Kotlet asosi uchun sariyog'ni tayyorlaymiz. Yumshagan sariyog'ga (xona haroratidagi) to'g'ralgan ko'katlarni solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tayyor aralashmani yopishqoq plenkaga "kolbasacha" shaklida qilib terib chiqamiz va 30 daqiqaga muzlatgichning muzxonasiga yuboramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovuq ko'kragi kichik va katta filelardan iborat. Kichik fileni kesib, oshxona bolg'asi bilan uramiz.

Katta fileni uzunligi bo'yicha kesib olamiz va bolg'a bilan uramiz. Tovuq ko'kragining yarmidan taxminan 2 ta kotlet hosil bo'ladi.

Qadam 4
Tugallandi

Qotgan sariyog'ni 30 gramm keladigan 4 ta bo'lakka bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Savalangan kichik fileni o'rtasidan kesib, ichiga ko'katli sariyog' bo'lagini solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Savalangan katta filening o'rtasini kesib, uning ichiga ko'katli sariyog'ga ega kichik fileni solamiz. Va kotlet shaklini bergan holda mahkamlaymiz.

So'ngra kotletlarni muzlatkichning muzxonasiga 25-30 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Panirovka tayyorlaymiz. Tuxumni venchik yordamida ko'pirtiramiz.

Kotletlarni avval unga, so'ng ko'pirtirilgan tuxumga, undan keyin esa maydalangan suxarilarga bulg'ab olamiz.

So'ng yana tuxumga va suxarilarga bulg'aymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qozonda o'simlik yog'ini qizdirib olamiz, so'ngra olovni pasaytiramiz va kotletlarni tahminan 3 daqiqa qizargunicha qovuramiz.

Qadam 9
Tugallandi

So'ngra kotletlarni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 15-20 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 10 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tovuq filesi tovuq ko'kragi
150 gramm sariyog'
yarim bog' petrushka
yarim bog' shivit
ta'bga ko'ra tuz va murch
panirovka uchun
200 gramm un
4-5 ta tuxum
300-400 gramm maydalangan suxari
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
«Afg’oncha napoleon» torti
keyingi
Gaz pechida pishirilgan qush tili

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.