Videoretsept: gaz pechida pishirilgan go’shtli pirojkalar
Masalliqlar:
-
550 gramm un
-
10 gramm quruq xamirturush
-
35 gramm shakar
-
300 millilitr iliq suv
-
60 millilitr o'simlik yog'i
-
1 choy qoshiq tuz
-
asosiga
-
400 gramm qiyma
-
200 gramm piyoz
-
30 millilitr o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
istalgan ko'katlar
-
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i
-
ustiga sepish uchun kunjut
Yo’nalishlar
Sizning e’tiboringizga pirojkalar uchun suvdan tayyorlanadigan tejamkor oshirma xamir retseptini taqdim etmoqchimiz. Xamir uchun barchamizning oshxonamizdan topiladigan oddiy masalliqlar kerak bo’ladi.
Xamir muammolarsiz tayyor bo’ladi. Pirojkalarni qovursangiz ham, gaz pechida pishirsangiz ham yumshoq va mazali bo’lib pishadi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
550 gramm un | |
10 gramm quruq xamirturush | |
35 gramm shakar | |
300 millilitr iliq suv | |
60 millilitr o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq tuz | |
asosiga |
|
400 gramm qiyma | |
200 gramm piyoz | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
istalgan ko'katlar | |
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i | |
ustiga sepish uchun kunjut |
Xamir tayyorlaymiz:
Idishga 50 gramm un, xamirturush va shakar solib, aralashtiramiz.
Iliq suv solib, aralashtiramiz va ustini sochiq bilan yopib, 15 daqiqaga issiq joyga olib qo'yamiz.
Belgilangan vaqtdan so'ng, ko'paygan xamirturushli massaga yog' qo'shib, tuz sepamiz va ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.
Ozroqdan un solib, oldin idish ichida xamir qoramiz. So'ngra xamirni un sepilgan stol ustiga qo'yib, xamir qorishda davom etamiz. Xamir qo'limizdan va stoldan osongina ajralishi kerak.
Idishni ozroq o'simlik yog'i bilan yog'lab, xamirni qo'yamiz. Ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, issiq joyga 15-20 daqiqaga yuboramiz.
Asosini tayyorlaymiz:
Tagi chuqur tovaga o'simlik yog'inu quyib, qizdiramiz.
Tovaga mayda to'g'ralgan piyozni qo'yib, o'rtacha olovda yumshagunicha 5-6 daqiqa qovuramiz. MUHIM: piyoz kuyib, yoki qizarib ketmasligi zarur, aks holda asosga achchiq ta'm qo'shadi.
Qovurilgan piyozga qiymani qo'shib, aralashtirib turgan holda qovuramiz. Ta'bga ko'ra tuz va murch sepamiz.
Piyoz va qiymani past olovda yana 15-20 daqiqa pishiramiz. Asos qovurilishi emas, balki suvli bo'lib pishishi kerak.
Tayyor bo'lgan asosni olovdan olib, sovutamiz. Asosiga ko'katlar yoki pishirilgan guruch qo'shsa ham bo'ladi.
Oshgan xamirni 14-16 ta bo'laklarga bo'lib, bo'laklarni dumaloqlaymiz.
Har bir dumaloqchalarni qalinligi 0,3-0,5 santimetr keladiga doira shaklida yoyamiz. O'rtasiga 1-1,5 osh qoshiq asos solib, pirojkalar yasaymiz.
Pirojkalarni tugilgan joyini pastga qilib, gaz pechi patnisiga joylashtiramiz. Ustiga tuxum sarig'ini suritib, kunjut sepamiz.
Pirojkalarni gaz pechiga yuborishdan oldin, ularni yana 15 daqiqa oshiramiz. So'ngra 175-180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz. Pirojkalar pishganini rangidan bilib olish mumkin. Ular yaxshilab qizarib, oltin rang tusga kirishlari kerak.
Gaz pechidan chiqqan pirojkalar yumshoq va mayin bo'lishlari uchun ustini 10 daqiqaga sochiq bilan yopib qo'yamiz.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Reklama huquqi ostida
Masalliqlar:
550 gramm un | |
10 gramm quruq xamirturush | |
35 gramm shakar | |
300 millilitr iliq suv | |
60 millilitr o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq tuz | |
asosiga |
|
400 gramm qiyma | |
200 gramm piyoz | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
istalgan ko'katlar | |
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i | |
ustiga sepish uchun kunjut |