Videoretsept: ajoyib non
Masalliqlar:
-
200 millilitr iliq suv
-
100 millilitr sut
-
1 choy qoshiq quruq xamirturush
-
550-600 gramm un
-
1 choy qoshiq tuz
-
3 osh qoshiq zaytun moyi
-
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Ushbu non retseptini ko’rishimiz bilanoq, uni tezroq pishirishga shoshildik. U o’zining ajoyib ko’rinishi bilan bizni o’ziga rom etdi.
Non juda yumshoq va usti qarsildoq bo’lib pishadi. Uni bo’laklarga bo’lish juda oson. Agar istasangiz ushbu nonni bulochka sifatida murabbo bilan yoki undan sendvich tayyorlab iste’mol qilishingiz mumkin.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
200 millilitr iliq suv | |
100 millilitr sut | |
1 choy qoshiq quruq xamirturush | |
550-600 gramm un | |
1 choy qoshiq tuz | |
3 osh qoshiq zaytun moyi | |
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i |
Iliq suvga sut, xamirturish, tuz va zaytun moyini solib, aralashtiramiz. Hosil bo'lgan massaga un solib, yumshoq xamir qoramiz va 1 soatga issiq joyga olib qo'yamiz.
Tayyor xamirni 2 bo'lakga bo'lamiz.
Birinchi bo'lakni yoyib, dumaloq qolipga joylashtiramiz. Ikkinchi bo'lakni 8 ta bo'lakga bo'lib, bo'lakchalarni dumaloqlab olamiz.
Birinchi yoyilgan xamirning o'rtasidan 8 ta bo'lakga bo'lgan holda chiziqlar kesib olamiz, lekin chiziqlarni xamirning chetiga chiqarmaymiz. Xar bir uchburchak ustiga bittadan dumaloq xamir bo'lakchalaridan qo'yib chiqamiz.
Dumaloq xamirlar ustiga tuxum sarig'ini suritib, uchburchak xamir bilan ustini qisman yopib chiqamiz.
Nonlarni 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga yuboramiz. Tayyor bo'lgan non bo'laklarini bir-biridan ajratib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Reklama huquqi ostida
Masalliqlar:
200 millilitr iliq suv | |
100 millilitr sut | |
1 choy qoshiq quruq xamirturush | |
550-600 gramm un | |
1 choy qoshiq tuz | |
3 osh qoshiq zaytun moyi | |
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i |