Quritilgan mevalar va olma bilan pishirilgan guruchli bo’tqa
Masalliqlar:
-
200 gramm "alanga" guruchi
-
3 osh qoshiq shakar
-
bir chimdim tuz
-
15 gramm mayiz
-
15 gramm turshak
-
100 gramm olma
-
1,5 stakan suv
-
250 millilitr sut
-
10 gramm sariyog'
Yo’nalishlar
Guruchli bo’tqa nafaqat to’yimli va foydali, balki mazali ham bo’lishi mumkin. Ushbu taom nonushta uchun ajoyib variant: tez, mazali va butun kun uchun energiya bilan ta’minlaydi.
Bo’tqalar- har bir insonning ovqatlanish ratsionida bo’lishi kerak bo’lgan taom.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 8 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
200 gramm "alanga" guruchi | |
3 osh qoshiq shakar | |
bir chimdim tuz | |
15 gramm mayiz | |
15 gramm turshak | |
100 gramm olma | |
1,5 stakan suv | |
250 millilitr sut | |
10 gramm sariyog' |
Guruchni yuvamiz. Yonlari qalin idishga solib, 1,5 stakan suv quyib, qaynatishga qo'yamiz. Qaynab chiqqanidan so'ng, olovni pasaytirib, suv bug'lanib ketmagunicha aralshtirib turamiz.
Sut, shakar, tuz, mayiz, turshak va bo'laklarga bo'lingan olmani solamiz.
Past olovda aralashtirib turgan holda 7-10 daqiqa pishiramiz.
Tayyor bo'lgan bo'tqaga sariyog' solib, qopqog'ini yopamiz va 5 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Masalliqlar:
200 gramm "alanga" guruchi | |
3 osh qoshiq shakar | |
bir chimdim tuz | |
15 gramm mayiz | |
15 gramm turshak | |
100 gramm olma | |
1,5 stakan suv | |
250 millilitr sut | |
10 gramm sariyog' |