fbpx
«Trufel» pechenyelari

«Trufel» pechenyelari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kakao kukuni sepilgan konus shaklidagi pechenyelar «trufel» shokoladini eslatadi. Shuning uchun ham ushbu pechenyelar noodatiy tus olgan.

Ushbu pechenyelar haqiqatdan ham og’izda eriydigan bo’lib pishadi. Yaxshisi uni o’zingiz tayyorlab ko’ring.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 18 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm un
150 gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm shakar
4 ta pishgan tuxum sarig'i
2 osh qoshiq kakao kukuni
2 osh qoshiq shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Tuxumni pishirib olamiz (suv qaynab chiqqanidan so'ng yana10 daqiqa qaynatamiz). Sovuq suv solib sovutamiz.
Tuxumni po'stidan ajratamiz (faqat sarig'i kerak bo'ladi).
Tuxum sarig'ini ezib, un holatiga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum sarig'iga shakar, sariyog' va un solib xamir qoramiz. Xamirni uzoq qorish kerak emas.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirdan bo'lakchalar olib, ulardan diametri 2 santimetr keladigan koptokchalar yasab olamiz. So'ngra ularni konus shakliga keltiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Shunday qilib pechenyelar yasab olamiz (bizda 18 grammdan 30 ta pechenyelar hosil bo'ldi).

Qadam 5
Tugallandi

Konuslarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.
190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor bo'lgan pechenyelarni ozroq sovutib, kakao kukuni va shakar upasi massasiga botirib olamiz. So'ngra yaxshilab sovutib olamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 25
  • Oddiy
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm un
150 gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm shakar
4 ta pishgan tuxum sarig'i
2 osh qoshiq kakao kukuni
2 osh qoshiq shakar upasi
oldingi
Videoretsept: Fransuzcha mayin shirinlik – «Krep syuzett» quymoqlari
keyingi
Videoretsept:Noodatiy ismaloqli quymoqlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.