Videoretsept: Pechenye «Yurakchali odamchalar»
Masalliqlar:
-
200 gramm un
-
70 gramm sariyog'
-
70 gramm shakar
-
1 ta tuxum
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
1-2 tomchi oziq-ovqat bo'yog'i
Yo’nalishlar
Sizlarga noodatiy pechenyelar pishirishni taklif qilamiz. Pechenyelar juda oddiy va mazali bo’lib, ularni tayyorlash uchun faqatgina odamcha va yurakcha shaklidagi kesish uchun mo’ljallangan qolipchalar kerak bo’ladi.
Bunday pechenyelarni paketchalarga solib, yaqin insonlaringizga sovg’a tariqasida berishingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
200 gramm un | |
70 gramm sariyog' | |
70 gramm shakar | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
1-2 tomchi oziq-ovqat bo'yog'i |
Idishda elangan un va qirg'ichdan chiqarilgan sariyog'ni un shakliga keltirib, aralashtiramiz
Tuxumni shakar bilan aralashtirib, unli massamizga vanil shakari bilan birga qo'shamiz.
Tezda xamir qoramiz va uni paketga o'rab, kamida 30 daqiqaga muzlatgichga qo'yamiz.
Sovuq xamirni ozroq un sepilgan stol ustiga qo'yib, 2-3 millimetr qalinlikda yoyamiz va odamcha shaklidagi qoliplar bilan kesib olamiz.
Odamchalardan qolgan xamirga 1-2 tomchi oziq-ovqat bo'yog'ini quyib, xamir bir xil rangda bo'lmagunicha qoramiz.
Maslahat: xamir qorishda qo'lqop kiyganingiz ma'qul.
Qizil xamirni ham, oq xamirga o'xshab yoyib, yurakcha shaklidagi qolipchalar yordamida kesib olamiz.
Odamcha shaklidagi pechenyelarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga qo'yamiz. Yurakchalarni suvlab, odamchalarni ustiga yopishtirib chiqamiz.
Odamchalarning qo'lini ham suvlab, yurakchalarni quchoqlatib qo'yamiz.
Masalliqlar:
200 gramm un | |
70 gramm sariyog' | |
70 gramm shakar | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
1-2 tomchi oziq-ovqat bo'yog'i |