fbpx
Suli yormasi va asalli pechenyelar

Suli yormasi va asalli pechenyelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Suli yormasidan tayyorlangan pechenyelarni ko’p xarid qilamiz. Keling uni o’zimiz tayyorlab ko’rishga harakat qilib ko’ramiz. Ushbu pechenye tarkibida asal bo’lgani tufayli shirinlik muxlislarini o’ziga xos ta’mi va xushbo’yligi bilan ajablantiradi va quvontiradi.

Bundan tashqari aynan asal tufayli pishiriqlar o’z yumshoqligini ancha vaqtgacha yo’qotmaydi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 17 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
125 gramm "Gerkules" nomli suli yormasi
170 gramm un
120 gramm shakar
120 gramm yumshatilgan sariyog'
1 ta tuxum
1,5 osh qoshiq asal
1 choy qoshiq qabartma
Qadam 1
Tugallandi

Suli yormasi, shakar, un va qabartmani qo'shib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Quruq mahsulotlarga tuxum, asal va sariyog' qo'shib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Gaz pechi patnisini pergament qog'ozi bilan qoplab, xamirni 1 osh qoshiqdan, orasida 4-5 santimetr joy qoldirgan holda, solib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 12-14 daqiqaga yuboramiz. Pechenyelar yumshoq bo'lib pishadi. Ammo sovugandan so'ng qarsildoq bo'lib qolishadi.
Yoqimli ishtaha!

  • 25 daqiqa
  • Portsiya 16
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
125 gramm "Gerkules" nomli suli yormasi
170 gramm un
120 gramm shakar
120 gramm yumshatilgan sariyog'
1 ta tuxum
1,5 osh qoshiq asal
1 choy qoshiq qabartma
oldingi
Qaymoqli qaylada tuzlangan bodring bilan pishirilgan tovuq go’shtidan kotletlar
keyingi
Quymoqli tort «Qizil baxmal»

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.