Ananasli pirog
Masalliqlar:
-
260 gramm un
-
190 gramm shakar
-
160 millilitr sut
-
120 gramm sariyog'
-
3 ta tuxum
-
konservalangan ananas halqachalari
-
1,5 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
Tayyorlanishi oson, chiroyli va juda mazali ushbu pirog har qanday bayram, qolaversa har kunlik taomnoma uchun ajoyib shirinlik vazivasini o’tay oladi.
Nozik, xushbo’y va o’rtacha shirin ta’mga ega bo’lgan xamir va uning ichidagi yorqin tusga ega mazali ananaslar sizga yaxshi kayfiyat bag’ishlashi aniq.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
260 gramm un | |
190 gramm shakar | |
160 millilitr sut | |
120 gramm sariyog' | |
3 ta tuxum | |
konservalangan ananas halqachalari | |
1,5 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz |
Unni qabartma bilan aralashtiramiz.
23 ga 23 santimetrli qolipni yog'lab, ustidan un sepamiz, ortib qolgan unni qolipdan to'kib tashlaymiz.
Mikserning past tezligida tuxumni tuz bilan aralashtiramiz, so'ngra shakarni yarimini solib, yana 5 daqiqa, massa 2-3 martaga ko'payishi uchun aralashtiramiz.
Boshqa idishda yumshatilgan sariyog', shakarning qolgan qismi va vanil shakarini mikserda aralashtiramiz.
Ikta massani birlashtirib, oz-ozdan issiq sut solib,mikserda aralashtirishda davom etamiz.
Tayyor bo'lgan massaga un va qabartmani solib, mikserning past tezligida aralashtiramiz.
Xamirni qolipga solib, ustini tekkislaymiz.
Ananasni yarim halqa shaklida kesib, qog'oz sochiq yordamida quritamiz va xamir ustiga terib chiqamiz.
180 darajada qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqa davomida pishiramiz. Pirog pishganini yog'och tayoqchalar yordamida bilib olamiz. Tayoqchalarni pirogga tiqib ko'ramiz, agar tayoqcha quruq bo'lsa, demak pirogimiz pishgan.
Masalliqlar:
260 gramm un | |
190 gramm shakar | |
160 millilitr sut | |
120 gramm sariyog' | |
3 ta tuxum | |
konservalangan ananas halqachalari | |
1,5 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz |