fbpx
Videoretsept: Lag’mon

Videoretsept: Lag’mon

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bizning usulda tayyorlangan lag’mon juda mazali, xushbo’y va to’yimli chiqadi. Dam olish kunlari barcha a’zolari yig’ilishadi, aynan shu kuni lag’mon tayyorlang va hammani xursand qiling.

Lag’mon cho’zishga juda ko’p vaqt talab qilinishi sababli ham, sotuvdagi tayyor, pishirilganidan olib ishlataveramiz.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm mol go'shti
1 bosh piyoz
1 choy qoshiq zira
3 ta tishcha sarimsoqpiyoz
ta'bga qarab lag'mon uchun ziravorlar
1 choy qoshiq tuyilgan kashnich
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 ta yashil bulg'or qalampiri
1 osh qoshiq pomidor pastasi
2-3 ta pomidor
2 ta kartoshka
2 ta lavr yaprog'i
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Go'shtni 0,7 - 1 sm qalinlikda to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Piyoz, sarimsoqpiyoz va kartoshkani ham to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pomidorlarni po'sti archiladi va to'rtburchak shaklda to'g'raladi.

Bulg'or qalampirni xohishingizga qarab to'g'rang.

Qadam 3
Tugallandi

Qozonga yog' solib qizdiramiz va go'shtimizni qizartirib qovuramiz.

Ta'bga qarab zira va qolgan ziravorlarni solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng piyoz solib qovuramiz, ketidan bulg'or qalampiri, sarimsoqpiyoz va pomidorni solamiz.

Undan keyin qolgan sabzavotlarni birma-bir solib bir daqiqadan qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Suv solib qaynash darajasiga yetkazamiz, qaynashni boshlagandan so'ng esa olovni pasaytirib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Go'shtimiz pishgandan so'ng to'g'ralgan kartoshkani solamiz va 10 daqiqa davomida yana pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qaynayotgan suvga lag'monni solib olamiz. kosalarga solib ustidan qaylasini solamiz.

Ovqatimizni to'g'ralgan ko'katlar bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm mol go'shti
1 bosh piyoz
1 choy qoshiq zira
3 ta tishcha sarimsoqpiyoz
ta'bga qarab lag'mon uchun ziravorlar
1 choy qoshiq tuyilgan kashnich
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 ta yashil bulg'or qalampiri
1 osh qoshiq pomidor pastasi
2-3 ta pomidor
2 ta kartoshka
2 ta lavr yaprog'i
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
«Alfredo» qaylali pasta
keyingi
Batafsil fotoretsept: Tvorogli bananchalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.