Karam va kartoshkali pirog
Masalliqlar:
-
400-450 gramm un
-
200 gramm smetana
-
100 millilitr suv
-
0,5 choy qoshiq qabartma
-
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
1 choy qoshiq shakar
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
asosiga
-
300 gramm kartoshka
-
200 gramm karam
-
100 gramm piyoz
-
100 gramm sabzi
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra ziravorlar
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
ustiga suritish uchun smetana
-
ustiga sepish uchun kunjut
Yo’nalishlar
Tayyorlanishi oson bo’lgan karam va kartoshkali pirog tushlik yoki kechki ovqat uchun eng to’g’ri tanlov bo’la oladi.
Xamiri esa juda mayin bo’lib pishadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
400-450 gramm un | |
200 gramm smetana | |
100 millilitr suv | |
0,5 choy qoshiq qabartma | |
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq shakar | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
asosiga |
|
300 gramm kartoshka | |
200 gramm karam | |
100 gramm piyoz | |
100 gramm sabzi | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra ziravorlar | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ustiga suritish uchun smetana | |
ustiga sepish uchun kunjut |
Asosini tayyorlab olamiz
Tovada o'simlik yog'ini qizdiramiz. Piyozni somoncha shaklida to'g'rab, tilla rangga kirguniga qadar, taxminan 1-2 daqiqa qovurib olamiz.
Orqasidan mayda to'g'ralgan karam va sabzini solamiz. Aralashtirib, 2 daqiqa qo'viramiz.
So'ngra mayda to'g'ralgan kartoshkani solamiz va aralashtiramiz. Olovda yarim tayyor holga kelgunicha ushlab turamiz. Agar sabzavotlar suv chiqarmagan bo'lsa, 2-3 qoshiq suv quyib yuborsa bo'ladi.
Kartoshka ortiqcha tuzni o'ziga olishini inobatga olib, tuz va murch qo'shamiz. Asosini tayyorlash uchun odatda 6-7 daqiqa kerak bo'ladi. Tayyor bo'lgan massani sovutish uchun tovadan olamiz.
Xamir tayyorlaymiz
Idishda suv,o'simlik yog'i, smetana, tuz va shakarni aralashtiramiz.
Elangan un va qabartmani sepib, juda yumshoq xamir qoramiz. Ko'proq un kerak bo'lishi ham mumkin.
Xamirni 15 daqiqaga tindirib qo'yamiz. So'ngra uni 2 ga bo'lamiz.
Xamirni 1 chi qismini qolipga solamiz. Bizning qolipimiz 24 diametrni tashkil etadi. Xamirimiz yog'li bo'lgani tufayli, qolipni yog'lashga hojat yo'q.
Asosini solib, ustini xamirni ikkinchi qismi bilan yopamiz.
Pirogimizni chetlarini yaxshilab yopib chiqamiz. O'rtasini esa bug' chiqib turishi uchun teshib qo'yamiz.
Ustiga smetana suritib, kunjut sepamiz.
Karam va kartoshkali pirogimizni 180 darajada qizdirilgan gaz pechida qizargunicha pishirib olamiz.
Agar pirogimizni usti qorayishni boshlasa, gaz pechi haroratini pasaytirib, pirogni folga bilan yopamiz.
Pirog taxminan 30-35 daqiqada pishadi.
Masalliqlar:
400-450 gramm un | |
200 gramm smetana | |
100 millilitr suv | |
0,5 choy qoshiq qabartma | |
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq shakar | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
asosiga |
|
300 gramm kartoshka | |
200 gramm karam | |
100 gramm piyoz | |
100 gramm sabzi | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra ziravorlar | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ustiga suritish uchun smetana | |
ustiga sepish uchun kunjut |