fbpx
Qaymoqli qaylada pishgan tovuq filesi

Qaymoqli qaylada pishgan tovuq filesi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Aynan mana shu retsept bo’yicha pishirilgan tovuq filesi boshqalariga nisbatan yumshoqroq va mazaliroq bo’lib pishadi.

Taom yetarlicha oson tayyorlanadi va uni ta’bingizga ko’ra salat bilan dasturxonga  tortishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy qiymati – 35 000 so’m.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm tovuq filesi
200 gramm 15-20 % li qaymoq
100 gramm pishloq
2 choy qoshiq xantal donachalari
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq tuz
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra qora murch
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq filesini yuvamiz va har birini qog'oz sochiqda quritib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Fileni paketga o'rab, ustidan yengil urib chiqamiz va ikki tarafiga ta'bga ko'ra tuz va murch sepib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovaga o'simlik yog'i quyib qizdiramiz va tovuq filesini baland olovda taxminan 2 daqiqadan ikki taraflama qovurib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qaymoqqa ezilgan sarimsoq piyozi, xantal, tuz va murch solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pishloqni mayda tishli qirg'ichdan chiqaramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qovurib olingan tovuq go'shtini toblatma uchun mo'ljallangan idishga qo'yib ustidan birinchi qaymoqni quyamiz, keyin pishloqni sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Gaz pechini 200 darajada qizdirib olamiz va tovug'imizni 25-30 daqiqaga pechga qo'yamiz.
Tayyor bo'lgan taomni issiqligida dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm tovuq filesi
200 gramm 15-20 % li qaymoq
100 gramm pishloq
2 choy qoshiq xantal donachalari
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq tuz
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra qora murch
oldingi
Mevali salat
keyingi
Tayoqchali merenga bezesi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.