Videoretsept: Karamelli tvorojnik
Masalliqlar:
-
220 gramm un
-
120 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
-
50 gramm shakar
-
50 gramm smetana
-
20 gramm kakao kukuni
-
1 choy qoshiq qabartma
-
Asosiga:
-
400 gramm tvorog
-
200 gramm Maselkodan "Lakomka" quyultirilgan qaynatilgan suti
-
2 ta tuxum
-
150 gramm quritilgan olxo'ri
-
25 gramm makkajo'xori kraxmali
Yo’nalishlar
Tvorogli pishiriqlarni ko’pchilik sevib iste’mol qiladi. Shu sababli ham, bugun sizlarga karamelli tvorojnik retseptini taqdim qilishga qaror qildik.
Bunday pirog ajoyib ko’rinish va juda mazali ta’m kasb etadi. Karamelli tvorogli pirogni pishganidan so’ng iloji boricha 12 soatga sovutgichga olib qo’yish tavsiya etiladi. Chunki bu vaqt mobaynida u yanada lazzatli ta’mga kiradi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
220 gramm un | |
120 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i | |
50 gramm shakar | |
50 gramm smetana | |
20 gramm kakao kukuni | |
1 choy qoshiq qabartma | |
Asosiga: |
|
400 gramm tvorog | |
200 gramm Maselkodan "Lakomka" quyultirilgan qaynatilgan suti | |
2 ta tuxum | |
150 gramm quritilgan olxo'ri | |
25 gramm makkajo'xori kraxmali |
Yog'ni eritamiz va ustidan kakao solib aralashtirib olamiz. Chetga olib qo'yamiz.
Un ustidan qabartmani solib, aralashtirib olamiz. Ustidan shakar, smetana va kakaoli yog'ni solamiz. Xamir qorib olamiz.
Xamirni ikkita teng bo'magan (¼ va ¾) bo'laklarga bo'lamiz. Kichkina qismini oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, muzlatgichga olib qo'yamiz.
Aylanasi 20-22 sm li qolipga pergament qog'oz to'shaymiz. Yumshoq xamirni qolipga qo'yib, qo'lda yoyib chiqamiz. Xamir chetlarini 4 sm uzunlikdagi "bortik"larni hosil qilamiz. So'ng qolipi bilan muzlatgichga olib qo'yamiz.
Asosini tayyorlab olamiz. Tog'orachaga tvorog, tuxum va qaynatilgan quyultirilgan sutni solamiz. Silliq holatga kirgunicha blenderda maydalab olamiz. Kraxmalni solib, aralashtirib olamiz.
Quritilgan olxo'rini mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz.
Muzlatgichdan qolipni olamiz va to'g'ralgan olxo'rini sepamiz. Ustidan tvorogli aralashmani quyamiz.
Muzlatgichdagi xamirning kichkina bo'lagini olib, qirg'ichning katta tishchasidan chiqarib olamiz. So'ng pirog ustidan sepib chiqamiz.
190 C darajada qizigan pechda 50 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan pirogni qolipidan ajratib olamiz va sovutamiz. So'ng kesib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
220 gramm un | |
120 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i | |
50 gramm shakar | |
50 gramm smetana | |
20 gramm kakao kukuni | |
1 choy qoshiq qabartma | |
Asosiga: |
|
400 gramm tvorog | |
200 gramm Maselkodan "Lakomka" quyultirilgan qaynatilgan suti | |
2 ta tuxum | |
150 gramm quritilgan olxo'ri | |
25 gramm makkajo'xori kraxmali |