fbpx
Revani – turkcha mannik

Revani – turkcha mannik

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Qiyomiga:

Yo’nalishlar

Revani — bug’doy yormasidan tayyorlaniladigan juda mazali va qiyom quyiladigan sersuv pirog bo’lib, barchaga shirinlikni sevuvchilarga yoqishi aniq. Bu pirog ham xuddi paxlavadek, turk oshxonasining milliy shirinliklaridan biri sanaladi.

Revanini tayyorlash juda oddiy bo’lib, ustini kokos qirindisi va maydalangan xandon pista bilan bezatilsa, yanada ajoyib ko’rinishga kiradi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Xamiriga:
180 gramm bug'doy yormasi mannaya krupa
150 gramm un
3 ta tuxum
125 gramm sut
2 osh qoshiq smetana
125 millilitr o'simlik yog'i
1,5 choy qoshiq qabartma
100 gramm shakar
2 choy qoshiq vanil shakari
qolipga surtish uchun sariyog'
Qiyomiga:
250 millilitr suv
2-3 osh qoshiq limon sharbati
160 gramm shakar
bezatish uchun kokos qirindisi va xandon pista
Qadam 1
Tugallandi

Tuxumlarni chaqib solamiz. Ustidan 100 gramm shakar va vanil shakarini solib, mikserda oqarguniga qadar yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sut, smetana va o'simlik yog'ini quyib, yana 1 daqiqa davomida ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Hosil bo'lgan aralashmaga un, qabartma va bug'doy yormasini solib, mikserni tezligini kamaytirib, aralashtirib olamiz. Suyuqroq xamir hosil bo'ladi.

Qadam 4
Tugallandi

20x20 sm yoki 25x25 sm kattalikdago qolipga sariyog' surtamiz va xamirni quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 30 daqiqa davommida pishirib olamiz. Gugurt cho'pi bilan tekshirib ko'ramiz, agar quruq chiqsa demak pishgan bo'ladi. Agar nam bo'lib chiqsa, unda yana ozroq pishiramiz.

Pirog pishguniga qadar qiyomini tayyorlab olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qiyomini tayyorlab olamiz:

Qozonchaga suv, shakar va limon sharbatini quyamiz. Qaynash darajasiga keltirib, 5 daqiqa davomida qaynatamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pirogni issiqligida gugurt cho'p bilan bir nechta joyini teshib chiqamiz. Ustidan sovigan qiyomni quyib chiqamiz. So'ng pirogni to'rtburchak shaklda kesib chiqamiz. So'ng 2 soatga qoldiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Turkcha revani pirogi ham tayyor! Endi ustini kokos qirindisi va xandon pista bilan bezatib, dasturxonga tortammiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
180 gramm bug'doy yormasi mannaya krupa
150 gramm un
3 ta tuxum
125 gramm sut
2 osh qoshiq smetana
125 millilitr o'simlik yog'i
1,5 choy qoshiq qabartma
100 gramm shakar
2 choy qoshiq vanil shakari
qolipga surtish uchun sariyog'
Qiyomiga:
250 millilitr suv
2-3 osh qoshiq limon sharbati
160 gramm shakar
bezatish uchun kokos qirindisi va xandon pista
oldingi
«Mimoza» salati
keyingi
Lavash ichiga solib pishirilgan tuxum

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.