Shokolad va yong’oqlar solib pishirilgan bananli non
Masalliqlar:
-
220 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1/3 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
2 ta tuxum
-
100 gramm shakar
-
50 gramm o'simlik yog'i
-
50 gramm sariyog'
-
250 gramm banan
-
80 gramm kefir
-
50 gramm qora shokolad
-
50 gramm yong'oq
Yo’nalishlar
Xushbo’y, nihoyatda mazali bo’lmish mana bunday bananli non hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.
Bananli nonni nonushtada iste’mol qilish tavsiya qilinadi: bir kecha sovutgichda qoldirilgan bunday pishiriq yanada lazzatli ta’mni o’zida hosil qiladi.
Ana shunday bananli non tayyorlashda juda yaxshi pishgan, usti sal qoraygan bananlardan ishlatish lozim bo’ladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
220 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1/3 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
2 ta tuxum | |
100 gramm shakar | |
50 gramm o'simlik yog'i | |
50 gramm sariyog' | |
250 gramm banan | |
80 gramm kefir | |
50 gramm qora shokolad | |
50 gramm yong'oq |
Bitta idishga un, qabartma va iste'mol sodasini solib, aralashtirib olamiz. Ikkinchi idishga esa tuxum va shakarni solib, oqarguniga qadar yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Sariyog'ni eritib, o'simlik yog'i bilan aralashtirib olamiz. So'ng tuxumli aralashma ustidan quyamiz. Bananlarni esa sanchiqda ezib maydalaymiz.
Banan va kefirni ham tuxumli aralashma ustidan solamiz. Un, qabartma va iste'mol sodasini elab, masalliqlar ustidan solamiz va oshxona lopatkasi yordamida aralashtirib olamiz.
Massa silliq holatga kirgunicha aralshtirib, so'ng shokolad va yong'oqni maydalab solamiz.
Masalliqlar:
220 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1/3 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
2 ta tuxum | |
100 gramm shakar | |
50 gramm o'simlik yog'i | |
50 gramm sariyog' | |
250 gramm banan | |
80 gramm kefir | |
50 gramm qora shokolad | |
50 gramm yong'oq |