Turkcha yong’oqli pirog
Masalliqlar:
-
1 stakan sut
-
1 stakan suv
-
1 osh qoshiq to'la quruq xamirturush
-
5-6 qoshiq shakar shakar
-
1/3 stakan o'simlik yog'i
-
1/2 choy qoshiq tuz
-
5-6 stakan un
-
Asosiga:
-
100 gramm yeryong'oq
-
100 gramm yong'oq
-
4 osh qoshiq shakar
-
1 ta tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Nihoyatda yumshoq va mazali bo’lib chiquvchi mana bunday pirog sizga yopqishi shubhasizdir!
Ayniqsa, pishish jarayonida yong’oqlardan taraladigan ajoyib is barcha oila a’zolaringizni bir joyga jamlashi aniq.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 19 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 stakan sut | |
1 stakan suv | |
1 osh qoshiq to'la quruq xamirturush | |
5-6 qoshiq shakar shakar | |
1/3 stakan o'simlik yog'i | |
1/2 choy qoshiq tuz | |
5-6 stakan un | |
Asosiga: |
|
100 gramm yeryong'oq | |
100 gramm yong'oq | |
4 osh qoshiq shakar | |
1 ta tuxum sarig'i |
Tog'orachaga iliq sut, suv, shakar va quruq xamirturushni solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz. O'simlik yog'i va tuzni ham solamiz.
Unni elab solamiz va 8-10 daqiqa davomida aralashtirib, xamir qoramiz. Xamirni ustini yopib, 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.
Yong'oqlarni qahva maydalagichga solib, maydalab olamiz. So'ng shakarni ham solib, aralashtirib olamiz.
Oshgan xamirni bir mushtlab olamiz va stol usti, qo'limizni ozroq yog'laymiz. Xamirni olib, teng uchga o'lamiz.
Xamirning birinchi qismini to'rtburchak qilib yoyamiz. Ustidan yong'oqli aralashmani bir qismini sepamiz va xamirni konvertsimon shaklda buklab olamiz. Chetga olib qo'yamiz.
Ikkinchi xamir bo'lagini ham xuddi shunday usulda yoyib, yong'oqlardan sepamiz. O'rtasiga birinchi tayyorlab qo'ygan xamirni qo'yib, yana xuddi konvertdek buklab chiqamiz. Uchinchi xamir bo'lagini ham xuddi shunday tarzda yoyamiz va o'rtasiga tayyor xamirni qo'yamiz. Yana o'sha usulda buklab olamiz. Shunda bizda bitta katta xamir hosil bo'ladi.
Xamirni uzunasiga to'rtga bo'lib olamiz va har birini burab, pech patnisiga spiralsimon ko'rinishda taxlab chiqamiz.
Ustiga tuxum sarig'idan surtib, 180 C darajada qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 stakan sut | |
1 stakan suv | |
1 osh qoshiq to'la quruq xamirturush | |
5-6 qoshiq shakar shakar | |
1/3 stakan o'simlik yog'i | |
1/2 choy qoshiq tuz | |
5-6 stakan un | |
Asosiga: |
|
100 gramm yeryong'oq | |
100 gramm yong'oq | |
4 osh qoshiq shakar | |
1 ta tuxum sarig'i |