Oq shokoladdan qilingan Blondi keksi
Masalliqlar:
-
180 gramm oq shokoladli tomchilaryoki oq plitkali shokolad
-
100 gramm sariyog'
-
2 ta tuxum
-
120 gramm shakar
-
240 gramm un
-
1 piyola danagidan tozalangan olcha
-
1 choy qoshiq qabartma
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
Blondi – bu amerikancha oq shokoladdan tayyorlaniladigan keks bo’lib, u pishgandan so’ng ham namroq holatda qoladi. Shuning uchun ham bu shirinlikni ko’pchilik sevib iste’mol qiladi.
Biz bu keksga asos sifatida olcha qo’shishga qaror qildik. Olcha nafaqat bunga, balki barcha pishiriqlarga ajoyib nordon ta’m baxsh etadi.
Aytgancha, 22-yanvar AQSHda blondi kuni nishonlaniladi. Shunday ekan albatta tayyorlab ko’ring, bejizga bu pishiriqqa alohida kun tayinlanilmagandir!
Masalliqlar:
180 gramm oq shokoladli tomchilar | |
100 gramm sariyog' | |
2 ta tuxum | |
120 gramm shakar | |
240 gramm un | |
1 piyola danagidan tozalangan olcha | |
1 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz |
Tova yoki boshqa biror idishga sariyog', shakar va shokolad solinadi. Agarda sizda plitka shokoladi bo'lsa, uni mayda bo'laklarga bo'ling.
Gaz ustiga past olovga qo'yiladi va hammasi erigunicha kovlab turiladi.
Biroz sovutiladi va boshqa kattaroq idishga solinadi.
Eritilgan shokoladli aralashmaga bittadan tuxum solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.
Alohida idishga un, qabartma va tuz solinadi, aralashtiriladi.
Shokoladli aralashma ustidan unli massa solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.
Xamir uncha quyuq bo'lmagan, yopishqoq bo'lishi kerak.
Xamir aylanasi 22 smli yog'langan yoki pergament qog'oz to'shalgan qolipga solinadi va usti tekislab olinadi.
Olchalar xamir ustidan teriladi. yarmi xamir ichiga kirib yarmi ustidan ko'rinib tursin.
Agarda muzlatilgan mevadan foydalansangiz, ularni eritishingiz shart emas, shundayligicha ishlatavering.
Pirogni 170 C da 30-40 daqiqa davomida pishirib oling.
Pirogning usti biroz tillarangga kirsa bo'ldi u tayyor, undan ko'p pishirsangiz u quruq bo'lib qoladi.
Pishgandan so'ng qolipida sovutiladi va to'rtburchak shaklda kesiladi. Xohishga qarab ustidan shakar upasi sepiladi.
Bu keksni brauni torti ishqibozlariga taklif qilamiz, chunki bu ham xuddi braunidek namroq va cho'ziluvchan chiqadi. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
180 gramm oq shokoladli tomchilar | |
100 gramm sariyog' | |
2 ta tuxum | |
120 gramm shakar | |
240 gramm un | |
1 piyola danagidan tozalangan olcha | |
1 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz |
2 Sharhlar Hide Comments
Assalomu alaykum. Man telegramdagi gruppalariz azosiman manga siz tomonizdan quyiladigan xamma narsalarizni kuzatib boraman va menga juda yoqadi xamma narsalani aniq qilib tushuntirib berasiz raxmat silaga Allox rozi bulsin siladan charchamela yana yangi narsalani kutib qolaman RAXMAT☺
Assalomaleykum, Shaxnoza! Retseptlarimiz sizlarga manzur bo’layotganidan juda ham xursandmiz. Bizlarni kuzatishda davom eting, chunki oldinda juda ham qiziqarli retseptlar kutib turibdi.