fbpx
Olmali qatlamachalar

Olmali qatlamachalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tayyor qatlamali xamirlar ko’pgina tig’iz vaziyatlarda eng yaxshi yordamchimizga aylanadi. Shuningdek, tayyor xamir bilan qilinadigan pishiriqlarni ham tayyorlash juda oson kechadi.

Olma solib pishiriladigan qatlamachalar ana shulardan biridir!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir
2 ta olma
150 gramm yumshoq tvorog
1 ta tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Xona haroratida yumshagan xamirni olib, yupqa yoyib chiqamiz. Undan bir nechta to'rtburchakalr kesib chiqamiz. Chetlaridan 2 sm joy qoldirib, pichoq bilan nomiga tilib chiqamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Belgilangan chiziq ichidan tvorogni surtib chiqamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Olmalarni to'rtga bo'lib, parrak qilib to'g'raymiz. 1 daqiqaga mikroto'lqinli pechga qo'yib, yumshatib olamiz va tvorogning ustidan terib chiqamiz.

Xamirning chetlariga esa tuxum sarig'i surtib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan shakar upasi sepib, 180 C darajada qizigan pechda 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir
2 ta olma
150 gramm yumshoq tvorog
1 ta tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun shakar upasi
oldingi
Tovuq go’shti va pekin karamidan tayyorlangan salat
keyingi
Baqlajon va bulg’ori qalampiridan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.