Videoretsept: Shakarli rogaliklar
Masalliqlar:
-
400 gramm un
-
10 gramm quruq xamirturush
-
70 millilitr sut
-
170 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
-
2 ta tuxum
-
bir chimdim tuz
-
200 gramm shakar
Yo’nalishlar
Xonadoningizga bu safar ham juda oddiy, ammo nihoyatda mazali pishiriq retsepti bilan tashrif buyurdik.
Bunday rogaliklardan pishirib, issiqina choy bilan dasturxonga torting va yaqinlaringizni xursand qiling.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400 gramm un | |
10 gramm quruq xamirturush | |
70 millilitr sut | |
170 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i | |
2 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
200 gramm shakar |
Iliq sutga xamirturush, 1 choy qoshiq shakar soalmiz, aralashtirib, ustini sochiq bilan yopamiz.
Tog'orachaga un va tuzni ham solamiz. Yog'ni qirg'ichdan chiqarib solamiz.
Tuxumni chaqib, ko'pirtiramiz va yog'li aralashma ustidan solamiz. So'ng sut va xamirturushli aralashmani ham solamiz. Xamir qorib olamiz. Xamir yumshoq, lekin qo'lga yopishmaydigan bo'lishi kerak. Ustini pelyonka bilan yopib, 2,5 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Oshgan xamirni olib, 5-6 ta teng qismga bo'lamiz.
Har bir xamirni xuddi yopgan non shaklidek yoyib chiqamiz.
Stolga 3-4 osh qoshiq shakar sepamiz, xamirlarni hammasini aylanasi 20-23 santimetr kattalikda, 2-3 millimetr qalinlikda yoyib olamiz.
Har bir aylana shaklli xamirlardan 10-12 ta segmentlar kesib chiqamiz. Qalin joyidan ingichka tomoniga qarab, xuddi ruletdek o'rab chiqamiz.
Rogaliklarni pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib, ustini yopamiz va 15 daqiqaga qoldiramiz.
So'ng rogaliklarni 180 C darajada qizigan pechda 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
400 gramm un | |
10 gramm quruq xamirturush | |
70 millilitr sut | |
170 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i | |
2 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
200 gramm shakar |