fbpx
Pishloq va tvorogli qatlamachalar

Pishloq va tvorogli qatlamachalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tez tayyorlaniladigan va ishtahaochar ko’rinishga ega bo’lmish pishloq va tvorogli qatlamachalar kutilmagan mehmon kelganda sizni qo’llab-quvvatlaydi.

Bunday pishiriqlarning ichidagi ko’katlar esa ularga takrorlanmas ta’m bag’ishlaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 o'ram tayyor qatlama xamir
200 gramm tvorog
200 gramm "suluguni" pishlog'i
1 choy qoshiq tuz
1 ta tuxum
2 ta poyacha ko'k piyoz
Qadam 1
Tugallandi

Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Asosi uchun tvorog, qirg'ichdan chiqarilgan pishloq va tuxum oqini solib, aralashtirib olamiz. Ko'katlarni ham to'g'rab solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni yoyib, undan 20 ta kvadrat shaklli to'rtburchaklar kesib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirlarning 10 tasiga tvorogli aralashmani solib chiqamiz. Qolgan 10 ta xamir bilan ularning ustini yopib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qatlamachalar bir-biriga yopishishi uchun chetlari sanchiq yordamida bosib chiqamiz. So'ng pergament qog'oz ustidan terib, 180 C darajada qizigan pechda 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 10
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 o'ram tayyor qatlama xamir
200 gramm tvorog
200 gramm "suluguni" pishlog'i
1 choy qoshiq tuz
1 ta tuxum
2 ta poyacha ko'k piyoz
oldingi
Foydali suli bo’tqasini qanday tayyorlash mumkin
keyingi
Tunets balig’i va kartoshkadan qilingan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.