Bananli quymoqchalar
Masalliqlar:
-
1 ta tuxum
-
250 millilitr sut
-
2 ta banan
-
1 osh qoshiq shakar
-
250 gramm un
-
2 choy qoshiq qabartma
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
Banan solib pishiriladigan quymoqchalar retseptini taqdim etamiz. Bunday yegulik juda mazali bo’lib, ayniqsa bolajonlarga juda yoqadi!
Shuningdek bu quymoqchalar uchun juda kam masalliqlar kerak bo’ladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 ta tuxum | |
250 millilitr sut | |
2 ta banan | |
1 osh qoshiq shakar | |
250 gramm un | |
2 choy qoshiq qabartma | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
bir chimdim tuz |
Venchik yordamida tuxumni ko'pirtirib olamiz. Sut va o'simlik yog'ini quyib, shakar va tuzni sepamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.
Un bilan qabartmani ham elab solamiz va venchik yordammida silliq holatga kirgunicha aralashtiirb turamiz.
Bananlarni po'stidan tozalab olamiz va mayda to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz. Xamirga solib, aralashtirib olamiz.
Tovaga ozroq o'simlik yog'i quyib olamiz. Agarda tovangiz tagiga olmaydigan tova bo'lsa, unda unga yog' solish shart emas. Qoshiq bilan xamirdan quyib, ikkala tomonini qizarguniga qadar qovurib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.