fbpx
Videoretsept: G’ijduvoncha kabob

Videoretsept: G’ijduvoncha kabob

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kaboblarni sevib iste’mol qilmaydigan insonlar oramizda yo’q bo’lsa kerak. Endilikda esa sizda o’sha mashhur g’ijduvon kaboblarini o’zingiz tayyorlash imkoniyati mavjud.

Buning uchun Korzinka.uz tarmoqlaridagi supermarketlardan maxsus retsept asosida tayyorlangan tayyor qiymalardan xarid qiling. G’ijduvon kaboblariga mo’ljallangan bunday qiymadan qilinadigan kaboblar sizga haqiqiy lazzat onlarini baxsh etishi aniq.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 84 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1200 gr "G'ijduvoncha kabob" uchun tayyor qiyma
birga tortish uchun piyoz
Qadam 1
Tugallandi

Tayyor qiymani sixlarga 100-200 grammdan terib chiqamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qo'raga ko'mir solib yondiramiz. Kaboblarni yonayotgan olovda emas, balki qizigan ko'mir ustidan terib pishiramiz.

Tavsiya: kichikroq plastik butilkaga suv quying. Qopqog'ini bir nechta joyini teshib, idishni yopamiz. Bunday butilka ko'mirga kabob yog'i oqib, olov yonganda, uni o'chirish uchun kerak bo'ladi. Shuningdek katta karton qog'oz bo'lagi ham kerak bo'ladi. Uning yordamida shamol berib turib, ko'mirlarning o'chib qolmasligini ta'minlaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kaboblarni qo'raga terib chiqamiz va har bir tomonini 2-3 daqiqadan pishiramiz. Eng asosiysi kaboblarni haddan ortiq pishirib yubormang, aks holda quruq bo'lib qoladi.

Qadam 4
Tugallandi

Kaboblar pishguniga qadar piyozni yupqa to'g'rab olamiz va muzdek suvda yuvib, ozroq sirka sepamiz.

Salatlar va piyoz bilan birga kaboblarni tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida.

Telegramdagi rasmiy kanal: @korzinka_uz

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1200 gr "G'ijduvoncha kabob" uchun tayyor qiyma
birga tortish uchun piyoz
oldingi
Suli yormasi va tunets balig’idan tayyorlangan vafli
keyingi
Makkajo’xori va loviyali salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.