Steyk bilan tayyorlangan iliq salat
Masalliqlar:
-
300 gramm mol go'shti bon file qismi
-
3 ta kartoshka
-
200 gramm pomidor cherry
-
1 oʻram salatli miks
-
1 bosh qizil piyoz
-
Aralashmasiga:
-
60 millilitr zaytun moyi
-
1 osh qoshiq xantal donachalari
-
1 osh qoshiq Vustershir qaylasi
-
1 choy qoshiq shakar
-
1 osh qoshiq limon sharbati
-
1 osh qoshiq soya qaylasi
-
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
Yo’nalishlar
Steyk bilan tayyorlangan bunday iliq salatni asosiy taom sifatida ham bemalol iste’mol qilish mumkin.
Har xil masalliqlardan foydalanilgani va ajoyib koʻrinishi bilan bu salat hech kimni befarq qoldirmaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 37 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
300 gramm mol go'shti bon file qismi | |
3 ta kartoshka | |
200 gramm pomidor cherry | |
1 oʻram salatli miks | |
1 bosh qizil piyoz | |
Aralashmasiga: |
|
60 millilitr zaytun moyi | |
1 osh qoshiq xantal donachalari | |
1 osh qoshiq Vustershir qaylasi | |
1 choy qoshiq shakar | |
1 osh qoshiq limon sharbati | |
1 osh qoshiq soya qaylasi | |
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi |
Qozonga ozroq yog' quyib, goʻshtni butunligicha qizartirib qovuramiz.
Soʻng zar qogʻoz (folga)ga oʻrab, 180 C darajada qizigan pechda 10-15 daqiqa davomida pishiramiz.
Goʻsht pishguniga qadar kartoshkani ham archib, uzunchoq qilib toʻgʻraymiz va yogʻda qovurib olamiz.
Soʻng uni ham folgaga oʻrab, pechda 10-15 daqiqa davomida pishiramiz.
Togʻorachaga salatli miks, ikkiga boʻlingan pomidor, piyozni solamiz. Goʻshtni toʻgʻrab, kartoshka bilan solamiz.
Aralashmasiga kerakli barcha masalliqlarni alohida idishga solib aralashtiramiz.
Masalliqlar:
300 gramm mol go'shti bon file qismi | |
3 ta kartoshka | |
200 gramm pomidor cherry | |
1 oʻram salatli miks | |
1 bosh qizil piyoz | |
Aralashmasiga: |
|
60 millilitr zaytun moyi | |
1 osh qoshiq xantal donachalari | |
1 osh qoshiq Vustershir qaylasi | |
1 choy qoshiq shakar | |
1 osh qoshiq limon sharbati | |
1 osh qoshiq soya qaylasi | |
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi |