Kartoshkali asosli pishiriqlar
Masalliqlar:
-
550 gramm un
-
100 gramm sariyog'
-
1 choy qoshiq tuz
-
2 osh qoshiq shakar
-
2 ta tuxum
-
250 millilitr sut
-
5-6 ta kartoshka
-
1 bosh piyoz
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Kartoshkali pyure solib pishiriladigan mana bunday pishiriqlardan tayyorlab ko’ring. Ko’p vaqt va masalliqni talab qilmaydigan bunday mazali yegulik barchaga birdek yoqishi aniq.
Ularning ichiga pyure o’rniga xohlagan masalliqlardan solishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 7 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
550 gramm un | |
100 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq tuz | |
2 osh qoshiq shakar | |
2 ta tuxum | |
250 millilitr sut | |
5-6 ta kartoshka | |
1 bosh piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Tuxum va shakarni aralashtirib olamiz. Ustidan eritilgan sariyog' va tuzni ham solamiz.
So'ng sut quyib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Unni elab solamiz va xamir qoramiz. Qorgan xamirimiz qo'lga yopishmasligi kerak.
Xamirni 10-15 daqiqaga qoldiramiz.
Asosini tayyorlab olamiz.
Kartoshkani qaynatib, pyure tayyorlab olamiz. Tovaga ozroq yog' quyib, piyozni qovuramiz va pyurega qo'shamiz.
Xamirni 14-15 ta bo'lakka bo'lamiz. Har bir xamir bo'lagini aylana shaklda yoyib olamiz.
Quruq tovada tillarangga kirgunicha qovurib olamiz.
Pishiriqlar issiqligida bir tomoniga kartoshkali pyuredan solamiz va ikkinchi tomoni bilan ustini yopamiz. Ustiga sariyog' surtamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.