fbpx
Pastali grekcha salat

Pastali grekcha salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qaysi salat va pastadan tayyorlasam ekan deb o’ylashga ne hojat? Axir ularni birlashtirib, yagona shu bilan birga ayni yozbop mazali taom tayyorlash ham mumkin-ku!

Bu taomni tayyorlash umuman qiyinchilik tug’dirmaydi, ammo natijasi esa faqat va faqat sizni quvontiradi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

225 gramm maydaroq makaronlar
225 gramm pomidor cherry
200 gramm bodring
1 dona qizil bulg'or qalampiri
yarimta qizil piyoz
10-12 dona danaksiz zaytun mevasi
150 gramm feta pishlog'i
yarimta limon sharbati
1 choy qoshiq oregano
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Makaronlarni qadog'idagi yo'riqnomaga tayanib qaynatamiz. So'ng suvini to'kib, souq suvda chayib olamiz. Zaytun yog'ining yarmini quyib, chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga esa zaytun yog'i, limon sharbati, oregano, tuz va murchni solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Cherri pomidorlarini ikkiga bo'lamiz, bodring va bulg'or qalampirini aylana shaklda, piyozni yarim halqa qilib to'g'rab chiqamiz.

Feta pishlog'ini esa to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Likopchaga makaron, sabzavotlar, zaytun yog'i va feta pishlog'ini solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyorlab qo'ygan aralashmani ham quyamiz. Aralashtirib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

225 gramm maydaroq makaronlar
225 gramm pomidor cherry
200 gramm bodring
1 dona qizil bulg'or qalampiri
yarimta qizil piyoz
10-12 dona danaksiz zaytun mevasi
150 gramm feta pishlog'i
yarimta limon sharbati
1 choy qoshiq oregano
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Burgerlar uchun ideal darajali bulochkalar
keyingi
Videoretsept: go’sht va karamli rasstegaylar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.