fbpx
«Seld balig’idan shuba» verrinlari

«Seld balig’idan shuba» verrinlari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Verrinlar deb stakanlarga solib tortiladigan salatlarga aytiladi. Ular chiroyli ko’rinishi bilan bir qatorda, dasturxonga tortishda ham juda qulaydir.

Ishtahaochar, yorqin rangda – ayni yangi yil bayramiga mos salat!

To’g’ri idish qanday tanlash kerak deb tashvishlanmang. Katta va kengroq stakanlar juda qulay bo’lib, ularni to’ldirish ham bo’shatish ham juda oson. Did bilan sabzavotlar terib chiqilsa, hatto oddiy sharbat uchun mo’ljallangan idishda ham salatimiz o’zgacha joziba baxsh etadi.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta qizil lavlagi
2 ta qizil sabzi
2 ta kartoshka
1 bosh piyoz
200 gramm seld balig'i go'shti
8 ta bedana tuxumi
100-150 gramm mayonez
0.5 ta limon sharbati
ta'bga qarab tuz va murch
bezash uchun ko'katlar
Qadam 1
Tugallandi

Barcha sabzavotlarni qaynatib olinadi yoki bug'da pishiriladi.

Sovuq suv ostida sovutib olinadi.

Qadam 2
Tugallandi

Seld balig'i go'shti 7-9 mm hajmda to'rtburchak shaklda to'g'raladi.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxumlar yaxshilab qaynatiladi, sovutilib po'stidan archiladi.

Tuxumning teng yarmi bezash uchun olib qo'yiladi, teng yarmi esa sanchqida maydalanib, mayonez bilan aralashtiriladi.

Qadam 4
Tugallandi

Piyoz mayda to'rtburchak shaklda to'g'raladi, yuviladi va ustidan limon sharbati sepiladi.

Piyoz bilan seld filesi aralashtiriladi.

Qadam 5
Tugallandi

Barcha qolgan sabzavotlar, har biri alohida, qirg'ichdan o'tkaziladi.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyorlab qo'yilgan idishchalarga hamma masalliqlar alohida qavat-qavat terib chiqiladi.

Masalan quyidagi ko'rinishda: seld bilan piyoz, kartoshka, sabzi, tuxum va qizil lavlagi.

Har bir qavatga mayonez surtiladi va tuz bilan murchi rostlanadi.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor salatlar usti oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopilib, 4-8 soatga sovutgichga qo'yiladi.

Tortishdan oldin yarimta tuxum va ko'katlar bilan bezatiladi. Yoqimli ishtaha!

Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta qizil lavlagi
2 ta qizil sabzi
2 ta kartoshka
1 bosh piyoz
200 gramm seld balig'i go'shti
8 ta bedana tuxumi
100-150 gramm mayonez
0.5 ta limon sharbati
ta'bga qarab tuz va murch
bezash uchun ko'katlar
oldingi
«Qorong’u o’rmon» torti
keyingi
Avokado va qizil ikradan muss

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.