Izmircha kotletlar
Masalliqlar:
-
600 gramm mol go'shtidan qiyma
-
4 dona bulg'or qalampiri
-
2 ta pomidor
-
1 bosh piyoz
-
7 ta kartoshka
-
2 osh qoshiq pomidor pastasi
-
4-5 osh qoshiq maydalangan suxari
-
2 stakan suv
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Izmircha kotletlar — tayyorlash uchun oddiy masalliqlarni talab qiluvchi, Turkiyaning barcha oshxonalarida tayyorlaniladigan taomlardan biridir.
Pomidorli pastali qaylada pishgan bu taom sersuvligi va mayinligi bilan bolalarga ham, yoshi katta insonlarga ham juda yoqadi.
Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 32 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
600 gramm mol go'shtidan qiyma | |
4 dona bulg'or qalampiri | |
2 ta pomidor | |
1 bosh piyoz | |
7 ta kartoshka | |
2 osh qoshiq pomidor pastasi | |
4-5 osh qoshiq maydalangan suxari | |
2 stakan suv | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Qiymaga qirg'ichdan chiqarilgan piyoz va maydalangan suxari solamiz. Tuz va murch sepamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.
Eslatma: agar qiyma quruq bo'lsa, ozroq suv solish mumkin.
Qiymalardan ovalsimon shakldai kotletlar yasab olamiz. Tovaga yog' solamiz. Olovni baland qilib, yog'ni qizdiramiz. So'ng o'rtacha qilib, kotletlarni tezda ikkala tomonidan qovurib olamiz.
Kartoshkalarni to'rtga bo'lib to'g'raymiz va qizarguniga qadar qovurib olamiz.
Bulg'or qalampirini kattaligiga qarab, 4-8 ta bo'lakka bo'lamiz va bir tomonida 2-3 daqiqadan qovurib olamiz.
Aralashmasini tayyorlab olamiz. Buning uchun tog'orachaga suv, pomidor pastasi va qirg'ichdan chiqarilgan pomidorlarni solamiz. Ta'bga qarab tuz va murch sepamiz.
Kotletlar va qovurilgan sabzavotlarni tovaga terib chiqamiz va ustidan oldindan tayyorlab qo'ygan aralashmani quyamiz.
Gazga qo'yamiz va qaynash boshlangandan so'ng esa olovni pasaytirib, 30 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.
Ustidan to'g'ralgan ko'katlar sepib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
600 gramm mol go'shtidan qiyma | |
4 dona bulg'or qalampiri | |
2 ta pomidor | |
1 bosh piyoz | |
7 ta kartoshka | |
2 osh qoshiq pomidor pastasi | |
4-5 osh qoshiq maydalangan suxari | |
2 stakan suv | |
ta'bga qarab tuz va murch |